Nega go‘dakni ona suti bilan oziqlantirish muhim?

Chaqaloqning sog‘lom ulg‘ayishi juda ko‘p omillarga bog‘liq. Shulardan biri go‘dakning tug‘ilganidan boshlab to‘g‘ri ovqatlanishidir. Ya’ni kichkintoylarni oziqlantirishning eng foydali va xavfsiz usuli, shubhasiz, ona suti hisoblanadi. Bu ne’mat ular uchun eng yaxshi ozuqa bo‘lib, dastlabki olti oyda murg‘ak organizm­ni barcha kerakli moddalar bilan ta’minlaydi.


Ko‘krak suti aynan jajji bolakayning ehtiyojlariga mos keladi va go‘dakning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddalardan tarkib topgan.

Xususan, ushbu ozuqa tarkibida chaqaloqning immun tizimini mus­tahkamlaydigan antitelalar va bosh­qa qimmatli moddalar mavjud. Ular organizmni infeksiyalar va kasalliklarga qarshi samarali himoya qiladi.
Qolaversa, ona suti kichkintoyning tana haroratini tabiiy ravishda me’yorlashtirib, allergiya, diabet, astma va semizlik kabi xastaliklar xavfidan himoyalaydi.


Bolani ko‘krak bilan emizish ona sog‘lig‘i uchun ham foydali: kamqonlikning oldi olinib, ko‘k­rak bezi, hatto, bachadon bo‘yni saratoni kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini keskin kamaytirishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Shuningdek, u ayolda oksitotsin va prolaktin gormonlarini ishlab chiqaradi. Bu esa onaning tug‘uruqdan keyingi tiklanishini tezlashtiradi.


Ko‘krak bilan muntazam emizish ona va bola o‘rtasida kuchli hamda mukammal bog‘lanishni paydo qilib, ularning ruhiy-emotsional holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Go‘dakka xotirjamlik bag‘ish­lab, miriqib uxlashini ta’minlaydi.
Ushbu jihatlar e’tiborga olinib, butun dunyoda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan bolani ko‘krak suti bilan oziqlantirish doimiy targ‘ib qilinadi. Bu borada JSST tomonidan tegishli tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqilib, undan tibbiyotimizda ham samarali foydalanilmoqda.


Xususan, ayni paytda yurtimizdagi tug‘uruq majmualarida bola tug‘ilgan zahotiyoq onaga berilib, ko‘krak suti bilan oziqlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Go‘dakni ko‘krak bilan emizish 2 yoshgacha va undan ko‘proq vaqt davom ettirish tavsiya qilinadi.

 

Nilufar O‘RINBOYEVA,

Respublika perinatal markazi direktori

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: