AKSIYa DAVOM ETMOQDA

                            (OIVning oldini olish – muhim vazifa)

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda OIV infeksiyasining oldini olish dolzarb masalalardan biriga aylangan. Jumladan, bu xavfli kasallikning oldini olish maqsadida Toshkent shahrining vodiy avtomashinalar turargohi va boshqa taksi parklarida (gavjumligi bois), shuningdek, bir martalik ish bilan ta’minlash shoxobchalari hamda bozorlarda OIV kasalligining oldini olishga qaratilgan aksiya davom etmoqda. Ya’ni haydovchilar va yo‘lovchilardan, mavsumiy ish egalari, xaridor va sotuvchilardan ixtiyoriy ravishda o‘z salomatliklari haqida ishonchli ma’lumotga ega bo‘lishlari uchun Toshkent shahar SPIDga qarshi kurashish markazi mutaxassislari tomonidan ixtiyoriy qon tahlillari olinmoqda.

Maqsad, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chiqarilgan 95-95-95 strategiyasiga erishishdir.

Inson salomatligi saqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan – OIV infeksiyasini aniqlash, aniqlangan shaxslarni o‘z vaqtida retrovirusga qarshi dori vositalari bilan qamrab olish hamda qonda virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajada maqsad sari erishish olib borilayotgan ishlarning samarasini belgilaydi.

Mazkur aksiya Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvardagi PQ-14-sonli qaroriga asosan, aholi o‘rtasida 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, u aholining barcha qatlamlariga kirib boradi. Joriy yilning o‘zida taxminan 7 mingga yaqin aholidan ixtiyoriy qon tahlillari olinib, o‘nga yaqin fuqarolar qonida aniqlangan musbat natijali fuqarolarning OITSga o‘tish yo‘lining oldi olingani olib borilayotgan ishlar natijasidir.

Muntazam ravishda har oyda Toshkent shahar SPIDga qarshi kurashish  markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan mazkur aksiya Toshkent shahrining barcha yirik bozor rastalari va savdo majmualarida, bir martalik ish bilan ta’minlash markazlarida, kasallanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan tumanlarda, oliy ta’lim muassasalarida chet eldan kelib o‘qiyotgan talabalarda, shuningdek, harbiylarimiz o‘rtasida, yirik avtosaroy va taksi parklarida o‘tkazilib kelinayotgani mamlakatimizda inson omiliga e’tibor va inson salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga egadir.

Unutmaslik kerakki, har nedan qimmat bo‘lgan inson salomatligini asrash har birimizning burchimiz va ogohligimizni talab etadi. Chunki salomatligi bo‘lgan odamgina jamiyatga foyda keltiradi, oilasining, farzandlarining salomatligini ta’minlay oladi.

Dilshod ABDURAHMONOV,

Tashkiliy bo‘lim sanitariya vrachi yordamchisi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: