Kechqurun piyoda yursak…

Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, piyoda yurish umrni uzaytiruvchi mashg‘ulot hisoblanadi va har kuni muntazam kechki sayrga chiqadiganlar organizmi kamharakat insonlarga nisbatan sog‘lomroq bo‘ladi.
Piyoda yurish – inson butun tanasi uchun eng foydali va qiyin bo‘lmagan mashg‘ulotlardan biri. Jismoniy harakat davrida oyoq sohasidagi mushaklar mustahkamlanadi, yurish holsizlik va uyquchanlikdan xalos bo‘lishda yordam beradi.

Turli kasalliklar rivojini kamaytirish

Muntazam yurish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashga, qon aylanishini yaxshilashga hamda qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

Sog‘lom vaznga ega bo‘lish

Toza havoda sayr qilish va yugurish organizmdagi ortiqcha kaloriyalarni yoqish va vaznni doimiy normal ko‘rsatkichda saqlashning samarali usulidir. Ushbu mashg‘ulot metabolizmni tezlashtirish, ishtahani nazorat qilish va ortiqcha ovqatlanishning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

 

Yaxshi kayfiyat va tinch uyqu garovi

Toza havoda aylanish sizga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi, stress darajasini pasaytiradi va depressiya bilan kurashishda asqatadi. Yugurish esa diqqatni oshirib, tungi uyqu sifatini yaxshilaydi.

Immun tizimini mustahkamlash

Jismoniy faol bo‘lish immunitetni mus­tahkamlashga va tananing turli infeksiyalar hamda kasalliklarga chidamli bo‘lishiga yordam beradi. Muntazam piyoda yurish qon aylanishini yaxshilaydi, immunitetning yanada samarali ishlashiga turki bo‘ladi.

Atrofdagi olam va tabiatdan zavq olish

Piyoda yurish tabiat va atrof-muhit go‘zalligidan bahramand bo‘lish, do‘stona suhbatlar o‘tkazish imkoniyatini beradi va insonga estetik zavq bag‘ishlaydi.

Sayyora BOTIROVA,

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti

Jizzax viloyat  hududiy bo‘limi

bosh mutaxassisi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: