Ko‘rkam libosi borning ko‘rki – ibosi bor
Poytaxtimizdagi Respublika Rassomlik kollejida “Rang tasvir”, “Teatr san’ati”, “Grafika”, “Haykaltaroshlik” kabi yo‘nalishlardagi 12 ta ixtisoslik bo‘yicha tahsil olayotgan yoshlarning tinimsiz izlanayotganini ko‘rib ularga chindanda havas qilasiz.
Xususan, kollejning “Tarixiy teatr liboslari san’ati” bo‘limi o‘quvchilari malakali ustozlari Olga Ignatyeva, Farida G‘afurova, Gulchehra Alimova, Zulfiya Mirusmonova boshchiligida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi. 2013 yilda Bolalar ijodiyot markazida bo‘lib o‘tgan “Bolajonlar-shirintoylar” liboslar ko‘rgazmasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Hilola Murodova tikkan liboslari bo‘yicha maxsus sertifikat bilan mukofotlangan bo‘lsa, Maftuna Toshmurodova, Mahliyo Egamshukurova, Iroda Abdurashidova kabi iqtidorli o‘quvchilar yaratgan zamonaviy liboslari bilan turli ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Durdona RASHIDOVA,
Respublika Rassomlik kolleji o‘qituvchisi