Ko‘krak bezi saratonidan ehtiyot bo‘ling!

Bugungi kunda mamlakatimizda ko‘krak bezi saratoni onkologik kasalliklar orasida o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. Biroq bu kasallikni erta bosqichlarida davolash mumkin. Kasallikning diagnostikasi uchun mammograflar, malakali radiolog va rentgen-laborantlar kerak.

Ko‘krak bezi saratoni (KBC) ayollarda keng tarqalgan. Muayyan yosh guruhidagi simptomlarsiz ayollar o‘rtasida mammografiya skriningi saraton kasalligiga erta tashxis qo‘yishning samarali usuli hisoblanadi va kasallikni 1−2-bosqichda aniqlashga, uni o‘z vaqtida davolashga, sut bezlari va ayol hayotini saqlab qolishga yordam beradi.

Shu bois 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun har 2 yilda  bir marta ultratovush diagnostikasi tavsiya etiladi. Mammografiya 45−65 yoshdagi ayollar uchun ko‘rsatiladi.  

Bugungi kunda ko‘krak bezi saratoni bilan kurashda tibbiyotimiz sezilarli darajada yutuqlarga erishdi. Shunga qaramay, bu kasallik butun dunyoda  ayollar orasida eng ko‘p tarqalgan  kasallik hisoblanadi. Har yili dunyo bo‘yicha  665 ming nafar ayol ko‘krak bezi saratonidan vafot etadi.

Metastatik  kasallik bemorning “5 yillik tirik qolish”iga  salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kasallik tashxisi erta bosqichida bemorning 10 tadan 9 tasi  tashxis qo‘yilgandan so‘ng, 5 yil o‘tib yashab qoladi. Oxirgi bosqich aniqlanganda  3 nafar bemordan 1 tasi yashab qoladi.

Dunyo bo‘yicha ko‘krak bezi saratoni kasalligi prognozi, afsuski, yaxshi emas. Yer shari aholisi ko‘payib borar ekan,  mazkur kasallik sababli ayollar o‘rtasidagi o‘lim holati ham oshib boraveradi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) baholashiga ko‘ra,  2040 yilga kelib,  ko‘krak bezi saratoni bilan kasallanish  40 foizga oshadi va  bir yilda 3 million  tashxisni tashkil etadi. O‘lim holati 50 foizga oshadi. Buning oqibatida, kasallikning iqtisodiy va ijtimoiy  asoratlari ham ko‘payadi. Shu bois kasallik bilan kurashishda innovatsion  preparatlarni ishlab chiqish samarali davolash yo‘lga qo‘yilishida juda muhimdir.

Mamlakatimizda  onkobemorlar faqat asosiy dori vositalari ro‘yxatiga(ADSR) kiruvchi preparatlar bilan bepul ta’minlanadilar. Shuningdek, jarrohlik amaliyoti va dori terapiyasining amalga oshirilishi ham davlat tibbiyot muassasalarida bepul amalga oshiriladi.

Igor FEDOROV,

jurnalist

Yana o‘qing:  Kelajak – bilimdon yoshlar qo'lida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: