Yangi loyiha: malina qanday yetishtirilmoqda?

Bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirishda ilg‘or yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, 2023 yilda «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shimcha qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish» dasturi bo‘yicha Yaponiya xalqaro agentligi (JICA) tomonidan moliyalashtirilgan yangi loyiha ish boshlagan edi.

Shu asosida Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «FUTURE FARMERS» fermer xo‘jaligida bir yarim gektarga yaqin issiqxonada sinov tariqasida Qozog‘istondan  keltirilgan Rossiyaning malina ko‘chatlari ekildi.

Mazkur malinadan 10-12 yilgacha boshqa yerga ko‘chirmasdan hosil olish mumkin. Malina bahor va kuz oylarida ekiladi. U organizm uchun eng foydali V¹, V², V⁶, V⁹, V¹², S,D, RR, R, K vitaminlariga boy bo‘lib, ishtahani ochuvchi, shamollash va tozalovchi darmon sifatida qizil rangdagi xo‘shxo‘r, sevib iste’mol qilinadigan rezavor mahsulotdir.

2023 yil avgust oyida  «FUTURE FARMERS» fermer xo‘jaligida ekilgan mazkur yangi nav malinalar ikkinchi yildayoq o‘z mevasini berdi. Hozirgacha 7 tonna malina yetishtirilib, mahalliy bozor va oziq-ovqat tarmoqlariga yetkazildi.

– Izlanishlar olib borayotganimizga 5 yil bo‘ldi. Qozog‘istondan olib kelib ekilgan Rossiya navlari parvarishlanib, agrotexnika asosida ishlov berildi. O‘n nafar ishchi o‘rni yaratildi. Natija juda yaxshi, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari To‘rabek Yulchiyev. – Hosildorlik jaydari malinamizga qaraganda ancha mo‘l va shu bilan birga shirin. Ekilgan bitta ildiz yil oxirida beshtagacha ildizlanadi va ko‘paytiriladi. Yangi nav bahordan dekabrgacha yetti oy uzluksiz meva beryapti. Jamoamiz bilan yil oxirigacha terilgan malinani o‘n tonnaga yetkazishni ko‘zga tutganmiz. Quvonarlisi, yuqori sifatli malinalarimiz supermarketlar, oziq-ovqat tarmoqlarida savdobop va xo‘shxo‘rligi bilan xaridorlarni xushnud etmoqda.

Seminarda malina yetishtirish va loyihaning mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.

Maryam AHMEDOVA,

jurnalist

Yana o‘qing:  Xorijlik shifokorlar Andijonda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: