O‘z salomatligingizni va kelajagimizni asrang!

Inson salomatligi har nedan qimmat. Uni asrash har birimizning eng muhim vazifamizdir. Unutmaslik kerakki, tanaga yuqumli yoki yuqumsiz kasallik zarar yoki shikast yetkazsa, bu salomatlikka tahdid solibgina qolmay, hatto o‘limgacha olib kelishi mumkin.


Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasida “Yoshlar salomatligini asrash, o‘smirlar o‘rtasida doimiy sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” maqsadida salomatlik valontyorlari faoliyatini tashkil etish loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi.

Toshkent shahar “OITSga qarshi kurashish markazi” va “Kelajak” erkin volontyorlik harakati jamoasi bilan hamkorlikda “O‘z salomatligingizni va kelajagimizni asrang!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu profilaktik tadbir bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokori o‘rinbosari Sh.Qobilova, epidemiologlar N.Umarova, L.Sayfutdinova, “Kelajak” erkin volontyorlik harakati jamoasi xodimi M.Mirsultonovlar OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, undan himoyalanish, davolanish va boshqalarga yuqtirmaslik, kasallanganda oila qurgach uni bolaga yuqtirmaslik, shifokor maslahatiga amal qilish kabilar haqida atroflicha ma’lumot berishdi.


Seminar-treningda salomatlik volontyorlari uchun OIV/OITS bo‘yicha prezidentatsiya tarzida tushuntirish ishlari olib borildi. Sohaga oid guruhlararo bellashuv tarzida kechgan munozarada «Savatcha» va “Savol tashlash” o‘yinlari o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan belgilangan va bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi.


Tadbir nihoyasida ishtirokchilarning kasallik haqidagi bilim darajalari aniqlandi. Faol qatnashganlarga sertifikatlar taqdim etildi.

Nilufar UMAROVA,
Uslubiy profilaktika va epidemiologiyaga
qarshi tadbirlarni tashkillashtirish bo‘limi mudiri

Yana o‘qing:  Toshkent – mehmondo‘st shahar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: