Xotin-qizlar o‘tishi lozim bo‘lgan patronaj va skrining tekshiruvlar…

Xastalikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal. Bu tamoyil bugun yurtimiz tibbiyotidagi ustuvor vazifaga aylangan.

Shu sababli mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish uchun maqsadli tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda. Xususan, xotin-qizlar sog‘ligini asrash, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish maqsadida ular muntazam ravishda patronaj va skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati doirasida 35–55 yoshli ayollar skrining dasturlari bilan qamrab olinadi. Bunda oila shifokori tomonidan 3 yilda 1 marta ularda bachadon bo‘yni saratoni skriningi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu toifadagi ayollarda tor soha mutaxassisi (ginekolog) ko‘rigi, laborator va kolposkopiya kabi ins­trumental tekshiruvlar olib boriladi.

45 – 65 yoshli ayollarda oila shifokori tomonidan 2 yilda 1 marta ko‘krak bezi saratoni skriningi o‘tkaziladi. Bunda ularda tor soha mutaxassisi (onkolog) ko‘rigi, mammografik instrumental tekshiruvlar amalga oshiriladi.


15 – 49 yoshli xotin-qizlarda esa oila shifokori tomonidan muntazam profilaktik ko‘riklar, homiladorlikka monelikni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar yilda bir marta o‘tkaziladi.

Ularda ginekolog va boshqa tor soha mutaxassislari tomonidan ko‘rsatmaga asosan ko‘riklar tashkil etiladi. Qonning umumiy tahlili laborator sharoitda tekshirilishi ham skrining dasturlari doirasiga kiritilgan.
Patronaj xizmati doirasida tibbiy brigada doyasi tomonidan homilador ayollarda 2 marta – homilaning 12 va 32 haftaliklarida tekshiruv amalga oshiriladi.

Tug‘uruqdan keyingi chilla davridagi ayollar esa tibbiy brigada doyasi tomonidan tug‘uruqxonadan uyga kelganda 3 kun ichida, uning 15- va 30-kunida – jami 3 marta tibbik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Shoira ABDUSATTAROVA,
Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i

Yana o‘qing:  O‘zbek olimi xitoy fanlar akademiyasi mukofotiga sazovor bo‘ldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: