METROLOGIYa — JAHON OYNASIDA

So‘nggi yillarda mamlakatimizda milliy metrologiya sohasida o‘lchashlar natijalarining xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi tashkiloti(COOMET) sezilarli darajada faollashdi.

COOMET – Xalqaro tarozilar va o‘lchovlar byurosining mintaqaviy tashkiloti bo‘lib, ayni paytda unga 17 ta davlatning metrologiya institutlari a’zodir.

Tashkilotning maqsadi – a’zo davlatlarda metrologiya sohasini rivojlantirish va o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, o‘lchash natijalari va sifat menejment tizimlarini xalqaro darajada e’tirof etilishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

4-5 iyun kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan COOMET Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilish natijalari bo‘yicha tegishli hujjatlar imzolanib, 2025-2026 yillarda amalga oshiriladan ishlar dasturi tasdiqlanadi.

Tadbirda Xalqaro tarozilar va o‘lchovlar byurosi(BIPM)da O‘zbekistonda qayd etilgan o‘lchash natijalarini xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti 18 ta solishtirish loyihalarida ishtirok etdi.

Lazibek SAIDORIPOV,

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti direktori:

  • Metrologiya tashkiloti 36 yig‘ilishining poytaxtimizda o‘tkazilishi uchun biz 2 yil oldindan tayyorgarlikni boshlaganmiz. Mazkur xalqaro tadbirning davlatimizda o‘tkazilayotgani bejizga emas, O‘zbekiston metrologiya sohasining tashkil topganiga 100 yil to‘ldi. Bugungi yig‘ilishdan so‘ng keyingi uch yillikda prezidentlikka saylangan institutimiz qo‘mita tashkilotiga raislik qiladi. Eng muhimi, mazkur tadbirda ishtirok etayotgan 50 nafardan ortiq xorijiy mutaxassislar bilan tadbir doirasidan tashqari, ikki tomonlama hamkorlik masalalari va yo‘l xaritalari belgilab olinadi.  

Yig‘ilish kun tartibiga COOMET tashkiloti prezidentligiga saylov masalasi kiritilgan bo‘lib, ushbu lavozimga O‘zbekiston vakili nomzodining berilishi muhim ahamiyatga egadir.

Aytish joizki, 2023 yilning oktyabrida COOMET ma’muriy boshqaruvida o‘zgarishlar kiritilib, O‘zbekiston vakili (O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori) COOMETning “Qonunlashtiruvchi metrologiya sohasida hamkorlik” masalalari bo‘yicha vitse prezidenti etib saylandi. Bugungi kunda O‘zbekistoning, qolaversa, dunyoning turli nuqtalaridan internet havolasi yordamida “Vaqt va chastota birligi milliy etaloni” yordamida aniq vaqt ma’lumotlarini kuzatish imkoni yaratildi. Sohaga xalqaro ekspertlar jalb etilib, 50 dan ziyod mutaxassislarimiz chet ellarda malaka oshirdilar. Kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarini 102 ta davlat tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash maqsadida Yevrosiyo davlatlari metrologiya tashkilotlari hamkorligi doirasida 12 ta solishtirish loyihalari bo‘yicha hamkorliklar o‘rnatildi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Andijon davlat tibbiyot institutida Dog‘iston davlat tibbiyot universitetining ikki fakulteti ochiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: