Ustuvor vazifalar – amalda

             

Milliy matbuot markazida Olmalik kon-metallurgiya kombinati (OKMK) 2023 yildagi faoliyati yakunlari va 2024 yildagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda kombinat boshqaruvi raisining “Raqamlashtirish” bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Ravshan Maksumov, bosh muhandis o‘rinbosari Abduqahhor Saynazarov va OAV  vakillari ishtirok etdi.

Aytish joizki, o‘tgan yili kombinat 2023 yilni salmoqli natijalar bilan yakunladi. Jumladan, 31,7 trln. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, 1 128,2 mln. dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilgan va 661,9 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilingan. Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 429,0 mlrd. so‘mlik mahsulot tayyorlangan. Mahsulotlar tannarxini tushirish bo‘yicha 404,7 mlrd. so‘mlik natija qayd etilgan va 14,95  trln. so‘m mablag‘ byudjetga to‘lab berilgan va 6,7 trln. so‘m sof foyda olingan. 163,5 mlrd. so‘mlik geologiya-qidiruv ishlari bajarilgan.

Bugungi kunda ham OKMKda investitsiyaviy loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinyapti. Xususan, “Yoshlik-1” loyihasining tog‘-kon majmuasi bo‘yicha 6 ta ob’yekt, 3-mis boyitish fabrikasi bo‘yicha 6 ta ob’yektning qurilishi yakunlangan holda yangi metallurgiya majmuasining qurilishi bo‘yicha dastlabki loyiha ishlari boshlab yuborilgan.

Joriy yilda esa 32,2  trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2 136,4  mln. dollarlik investitsiyaviy loyihalar amalga oshiriladi. 1 016,6  mlrd. so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. 15,73  trln. so‘m mablag‘ byudjetga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

“Raqamli OKMK 2030” Konsepsiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barcha ishlab chiqarish va biznes jarayonlarini raqamlashtirish, ma’lumotlarni jamlash, tahlil qilish va tezkor qaror qabul qilishga qaratilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishda o‘tgan yilda 34 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oshildi. Jumladan, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy axborot tizimlarini joriy qilishda Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Xondiza kon boshqarmasi, Issiqlik elektr markazida bir qator ishlar amalga oshirildi. MBFda amalga oshirilgan ishlar natijasida rudadan mis ajratish darajasi 85 foizga chiqarilishi ta’minlandi. Bu yiliga 1,8 mln. metr kub suvni  tejash imkonini beradi. Muhimi, o‘tgan yilda biznes va texnologik jarayonlarni raqamlashtirish hamda ularni maqbullashtirish evaziga 224 mlrd. so‘m iqtisod qilindi.

Kelgusi rejada OKMKda yangi qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi va mis eritish zavodini kengaytirish loyihalari asosida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Maryam AHMEDOVA,

Yana o‘qing:  “Eng obod ta’lim muassasasi – 2017” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: