KITOBLAR HAM YIG‘LAYDIMI?

Kitob – bilimlar koni. Uning har bir sahifasi ertagu hikoyaga, she‘ru topishmoqqa, maqollaru hikmatli so‘zlarga boy.

Sinfimizda haftada bir marta “Badiiy kitob kunlari” o‘tkaziladi. Ustozimiz Tursunoy opaga o‘qigan kitoblarimiz haqida gapirib bersak, bizdan mamnun bo‘ladi.

– Bolalarim, kitob varag‘ini g‘ijimlamang, agar uni yirtsangiz, joni og‘rib, yig‘laydi. U insonning eng yaqin dosti. Shu sababdan kitobni ardoqlang va seving, – deydi.

Ustozimning o‘gitlarini yodda saqlayman, turli sarguzasht qissalarni o‘qishni yaxshi ko‘raman. Joni og‘rimasin, deb har bir varag‘ini asrab-avaylayman.

Hojiakbar RAZZOQOV,

Toshkent shahridagi 110-maktabning 4-sinf oquvchisi

Yana o‘qing:  BAXTNING SURATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: