Gripp har mavsumda xavf soladi…mi?

Havo harorati biroz sovushi bilan mavsumiy kasalliklar ham avj ola boshlaydi. Ayniqsa, bolalarda tez-tez yo‘talish, burun oqishi holatlari kuzatilgach, sezamizki, gripp xavfi ortib, o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan bo‘ladi. Ko‘pchilik esa oddiy shamollash, gripp va Covid-19ni deyarli farqlay olmaydi. Bu jarayonda kasallikning oldini olish, uni samarali davolash usullarini chalkashtirib, natijada surunkali tarzda davom etishi va asoratli kechishiga sababchi bo‘lib qolish hech gap emas. Xo‘sh, grippning klinik belgilari qanday namoyon bo‘ladi? Kasallikning oldini olish uchun shunchaki issiq kiyinib, sovuq suv ichmaslik kifoyami?


Yuqumli nafas olish kasalligi bo‘lgan grippga burun, tomoq va ba’zan o‘pkaga yuqadigan gripp viruslari sabab bo‘ladi. Bu quloq infeksiyalari yoki bakterial pnevmaniya kabi asoratlarga olib kelishi mumkin. Ba’zan bu kasalxonaga yotqizish yoki hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Shuningdek, u astma, diabet, saraton va boshqalar kabi surunkali kasalliklarni kuchaytirishi mumkin.
Grippga mushaklarning og‘rig‘i, charchoq, yo‘tal, tomoq va bosh og‘rig‘i kiradi. Isitma yana bir alomat, ammo grippga chalinganlarning hammasi ham isitmalamaydi. Ba’zi odamlar qusish va diareya bilan ham og‘riydilar. Bu bolalarda kattalarga qaraganda ko‘proq uchraydi.


Gripp keskin boshlanadi: bir necha soat ichida bemorda isitma, yo‘tal (odatda quruq), bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq, zaiflik, tomoq yallig‘lanishi va burun oqishi paydo bo‘ladi. Bu alomatlarning ba’zilari mavjud bo‘lmasligi mumkin, ammo yuqori isitma va keskin boshlanish kasallikning klassik belgilaridir. Boshqacha qilib aytganda, agar siz bir necha kun davomida betoblik his qilib yurib, keyin lohaslanib qolsangiz, unda bu gripp emas, balki o‘tkir respirator virusli infeksiya, ya’ni tomoq og‘rig‘idir. Ba’zida qorin og‘rig‘i va ich ketishi kuzatiladi. Grippda yuqori tana harorati bir necha kungacha davom etishi mumkin, ko‘pincha isitma tushiruvchi dorilar ta’siri natijasida pasaymaydi. Kasallik asoratlarsiz bo‘lsa, gripp 7-10 kun davom etadi. Bu vaqt davomida gripp alomatlari asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, ammo umumiy holsizlik ikki haftagacha davom etishi mumkin.


Kasallikning yuzaga kelishi sabablari yuqori nafas olish yo‘llari shilliq qavatining gripp viruslari tomonidan shikast­lanishidir. Infeksiya (kasallik) manbai gripp bilan kasallangan odam.

Yana o‘qing:  Ko‘z ilg‘amas xastalik deb o‘ylamang

Xastalik yuqishining asosiy yo‘nalishi havo-tomchi yo‘llari: yo‘talish, aksa urish, gapirish va hatto oddiy nafas olish. Lekin virus maishiy yo‘l bilan yuqishi mumkin – ro‘molcha, taomlar, choyshab orqali. Gripp virusi juda yuqumli.
Grippni tashxislash odatda klinik ko‘rikka asoslangan. Haroratning keskin ko‘tarilishida imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish kerak.
Kasal bo‘lganda shifokorning nazorati juda muhim, chunki bu mumkin bo‘lgan bakterial asoratlarning boshlanishini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Asoratlarning paydo bo‘lishi haroratning qayta ko‘tarilishi, yo‘talning kuchayishi va umumiy holatning biroz yaxshilangandan keyin yana yomonlashishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi va odatda kasallikning 4-5 kuniga to‘g‘ri keladi. Bu holatda qo‘shimcha tahlillarni o‘tkazish kerak – umumiy qon tahlili, ko‘krak qafasi va sinuslar rentgenogrammasi.
Grippni davolash kompleks muolajalarni talab qiladi, lekin gripp bilan kurashishda va organizmning tiklanishida immun tizim katta rol o‘ynaydi, shuning uchun immunitetni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini qabul qilish zarur. To‘liq dam olish, ko‘p suyuqlik ichish (detoksikatsiya qilish uchun), spirtli ichimliklar va chekishni cheklash tavsiya etiladi. Ayni paytda samarali antivirus dorilar grippning davomiyligini, isitma va boshqa alomatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.

Boshqa qo‘llanadigan dori vositalariga:
– simptomatik davolovchi preparatlar (isitmani tushiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi);
– immunostimulyatorlar – bunday xususiyatlar, ayniqsa, vitamin Cda ko‘p;
– interferon;
– kasallikning turli bosqichlarida virusga qarshi preparatlar;
– antigistaminlar.

Antibiotiklar faqat ikkilamchi bakterial kasalliklar mavjud bo‘lgandagina buyuriladi, ular viruslarga qarshi umuman samara bermaydi, lekin ko‘pincha xalq orasida shamollash yoki gripp almatlari kuzatilganda shifokor ko‘rsatmasisiz antibiotiklarni qabul qilish keng tarqalgan. Antibiotiklarni viruslarga qarshi qabul qilish nafaqat samara bermaydi, balki bakteriyalarning antibiotiklarga qarshiligini oshiradi.

Kasallik bilan og‘rish natijasida qanday asoratlar qoladi va uning zararlilik darajasi qanday? Gripp virusi nafas yo‘llari epitelial hujayralariga ta’sir qilganligi bois kasallikning asoratlari natijasida bakterial xastaliklar, jumladan, bronxit, pnevmaniya, otit, gaymorit yoki bosh­qa sinus yallig‘lanishlariga olib kelishi ehtimoli bor. Jiddiy bakterial asoratlarga – meningit, miya qobig‘ining yallig‘lanishi misol bo‘la oladi. Gripp, shuningdek, bemorda mavjud surunkali kasalliklarni kuchaytirishi mumkin.

Jonibek ODILJONOV,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va

Yana o‘qing:  Kardiologlar haddan tashqari ko‘p mehnat qilmaslikni maslahat beradi

jamoat salomatligi qo‘mitasining

Toshkent shahar boshqarmasi

Axborot xizmati rahbari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: