Bolajonlarga shodlik ulashib…

Kuni kecha Shayxontohur tuman “Katta hovuz” mahallasida joylashgan Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazida OITSga chalingan bolalar uchun 2024 – Yangi yil munosabati bilan o‘tkazilgan archa bayrami bolajonlarga bir olam quvonch bag‘ishladi.

 “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Toshkent shahar hududiy filiali va Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi hamkorligida o‘tgan tadbirda yosh tadbirkor Go‘zal Tojimirzayeva kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo‘lgan bolajonlarga  o‘yinchoqlar, Yangi yil sovg‘asi jamlangan paketlar va oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi.

– 18 yoshimdan buyon tadbirkorlik qilaman. Bugungi kunda metallurgiya va qurilish sohasi bilan bog‘liq korxonada biznesni rivojlantirish direktoriman. Yoshligimdan, agar yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lsam, albatta yordamga muhtoj qiynalgan oilalar va boquvchisini yo‘qotgan bolalarga mehr ulashib, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlashni niyat qilganman. Bugun OITSga chalingan bolajonlarga Yangi yil bayrami xursandchiligini ulashganimdan mamnunman, – deydi Go‘zal Tojimirzayeva.  

Tadbirda Qorbobo va Qorqizning davraga kirib kelishi, Toshkent shahar madaniyat uyi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar hamda Qorbobo loyihasi asosida olib borilgan turli o‘yinlar bolajonlarga yangi yil shukuhini olib keldi.

Bolajonlar va ularning oilalariga moddiy ko‘mak va ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etgan tadbir yakunida markazning davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shahodat Qobilova homiy va hamkorlar, shuningdek, boshqa xodimlarga tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlar topshirdi.

Dilobar TOIROVA,

 Toshkent shahar OITSga qarshi

kurashish markazi epidemiologi

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARIGA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: