SPORT XABARLARI (2014/2)

Futbol. 2014 yilning 11-26 yanvar kunlari Ummonda futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarida so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov mashg‘ulotlarga O‘zbekiston chempionati oliy ligasi jamoalaridan 23 nafar iste’dodli futbolchini jalb etgan.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatining “D” guruhidan chiqish uchun Xitoy, Iroq va Saudiya Arabistoni futbolchilari bilan bahslashadi. Hamyurtlarimiz guruhdagi dastlabki uchrashuvni 12 yanvar kuni xitoylik tengqurlariga qarshi o‘tkazadi. Iroq terma jamoasiga qarshi ikkinchi tur bahsi 14 yanvarga belgilangan. Guruhdagi oxirgi o‘yin esa 16 yanvarda Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi o‘tkaziladi.

* * *

Tennis. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Denis Istomin yangi mavsumdagi dastlabki g‘alabasini nishonladi.

Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilayotgan “ATR Apia International Sydney – 2014” xalqaro turnirining dastlabki bosqichida hamyurtimiz ispaniyalik Pablo Anduxar bilan kuch sinashdi. Qariyb bir soat davom etgan bahsda raqibidan har tomonlama ustunligini namoyish etgan Denis Istomin 6:1, 6:2 hisobida zafar quchdi.

Tajribali tennischimiz turnirning ikkinchi davrasida xorvatiyalik Marin Chilich bilan raqobatlashadi.

Yana o‘qing:  Xurrakning xavfi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: