Kasallik chaqiruvchi zamburug‘lar inson organizmiga qanday o‘tadi?

Zamburug‘larning 100 mingdan ortiq turlari ma’lum bO‘lib, ulardan 500 ga Yaqini odam va
hayvonlar uchun patogen hisoblanadi, Ya’ni kasallik paydo qiladi. zamburug‘li kasalliklar
bemordan yoki kasal hayvondan odamga (asosan, bemor bilan bevosita muloqotda bO‘lganda yoki uning
zararlangan buyumlaridan foydalanganda) o‘tadi.

Ular tashqi muhitning turli omillariga chidamli, masalan, ochiq suv havzalari, o‘rin-ko‘rpalar, kiyim-bosh, gilam hamda sochlarga tushganda, bir necha yilgacha kasallik chaqirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Zamburug‘larning achitqisimon turi patogen hisoblanadi. Ular (kandida zamburug‘lari) tabiatda juda keng
tarqalgan bo‘lib, meva-sabzavot, sut mahsulotlari, shuningdek, odam, hayvon terisi hamda shilliq qavatlarda saprofit holatda yashaydi va faqat muayyan sharoitlarda kandidozlar deb ataluvchi o‘ziga xos kasallikni kel-
tirib chiqaradi.
Me’da-ichak xastaliklari, vitaminlar muvozanatining buzilishi, leykoz kasalligi, antibiotiklar bilan tartibsiz davolanish kandida zamburug‘larining faoliyatini oshirib, kasallik vujudga kelishiga olib keladi.
Kasallikning klinik kechishiga qarab:
– shilliq qavat va teri kandidozi,
– kandidozli onixomikoz,
– paronixomikoz,
– surunkali generalizatsiyalashgan bolalar kandidozi alohida ajratiladi.
Bunda bemor tanasida to‘q qizil rangli, aniq chegaralangan, usti gardish bilan qoplangan dog‘lar paydo bo‘ladi. Barmoqlar orasidagi kandidozli eroziya asosan qandolatchilar, idish-tovoq yuvuvchilar va boshqalarda uchraydi.
Jarayon 3 va 4-barmoqlar orasida, to‘q qizil rangli, aniq chegaralangan va o‘rtasida seroz suyuklik bo‘lgan eroziya borligi bilan ifodalanadi.
Og‘iz shilliq qavati kandidozi esa tashqaridan kirib kelgan zamburug‘ hisobiga rivojlanishi mumkin.

Ilhom RAHIMOV

Yana o‘qing:  “Shirin” kasallikning achchiq oqibatlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: