Qon bosimi nega «o‘ynaydi»?
qon bosimi – inson salomatligining eng asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, organizm to‘qimalarida moddalar
almashinuvini ta’minlaydi. shu bois uning me’yordan ortiq
pasayishi yoki ko‘tarilishi sog‘likka zarar yetkazishi mumkin.
Ammo ba’zi insonlar borki, ularda arterial bosim tez-tez «o‘y-
naydi». Xo‘sh, bu nima bilan bog‘liq?
Aytish lozimki, ayrim kishilarda ko‘pincha qon bosimi keskin
pasayib, ba’zan ko‘tarilib ketadi.
Har ikki holatda ham inson o‘zini yomon his qiladi. Bunga esa odatda
qon tomirlarining vegetativ distoniyasi, ya’ni ularning kengayishi
yoki torayishi sabab bo‘ladi.
Qolaversa, me’yordan ko‘p qahva ichish, stress va ortiqcha aqliy
yuklamali ish, surunkali uyqusizlik, endokrin o‘zgarishlar, spirtli ichimliklar iste’mol qilish,
psixo-emotsional buzilishlar va ob-havo o‘zgarishi ham qon bosimining tez-tez «o‘ynashi»ga olib
kelishi mumkin.
Bundan tashqari, ayollarda hayz oldi sindromi, homiladorlikning muayyan bosqichlari, gormonal
o‘zgarishlar va noto‘g‘ri ovqatlanish sababli bunday holat kuzatiladi.
Shu bois, avvalo, qon bosimining tez-tez o‘zgarishiga sabab
bo‘layotgan omilni aniqlash, buning uchun esa shifokorga murojaat qi-
lish lozim. Mutaxassis tomonidan tayinlanadigan diagnostik tekshi-
ruvlar esa bunday beqarorlikning asl sababini aniqlashga yordam beradi.
Shuningdek, sog‘lom ovqatlanish, kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish
qon bosimining me’yorda bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Ra’no NOSIROVA,
oliy toifali shifokor