Farzandingiz yo‘talsa…

Bola yuqori nafas yo‘llari yallig‘langanda, gripp, O‘RVI – o‘tkir respirator virusli infeksiyalar bilan og‘riganda burni bitib, nafas olishi qiyinlashib, uxlay olmasa uch tomchi sterillangan o‘simlik yog‘iga uch tomchi piyoz suvini aralashtirib burniga tomizing. Agar bolaning tana harorati ko‘tarilmagan bo‘lsa, uning a’zoi badaniga sterillangan o‘simlik yog‘i surtish kerak. Sterillangan o‘simlik yog‘ini tayyorlash uchun emalli kastryulkaga to‘rt qavat doka solinadi. So‘ngra yarim litr bankaga paxta yog‘i solib uni kastryulka ichiga joylashtirasiz. Keyin bankaning bo‘g‘ziga yetmaydigan qilib sovuq suv solasiz. Past olovda banka asta-sekin(45 daqiqa davomida) qaynaydi. Yog‘ tayyor bo‘lgach go‘dakni boshidan oyog‘igacha surtib chiqasiz. Diqqat! Yog‘ iliq holda va qo‘lni kuydirmaydigan bo‘lishi zarur. Ushbu muolajadan so‘ng go‘dak juda ko‘p terlaydi. Shuning uchun ota-ona doimo e’tiborli bo‘lishi lozim hamda bolaning tanasini paxmoq sochiq bilan artib, kiyimlarini darhol almashtirishi darkor.

– bolangiz yo‘talayotgan bo‘lsa, bir qoshiq olma qoqini maydalab to‘g‘rab, idishga solib, ustiga bir stakan qaynab turgan suv quying va past olovda 5 daqiqa qaynatib, 30 daqiqa damlab qo‘ying, keyin suzib, unga bir osh qoshiq asal qo‘shing. 1/3 stakandan har kuni 3 mahal ichiring.

– Bola tinmay quruq yo‘talayotgan bo‘lsa turpni qirg‘ichda qirib, suvini siqib, 2-3 osh qoshiq asal bilan aralashtiring. Ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin 2 osh qoshiqdan ichiring.

– Bitta turpni ichini o‘ying va bir osh qoshiq asal solib, ustiga toza salfetka qog‘oz yopib 3-4 soat qo‘yib qo‘ying. Shunda asal erib, turp suviga aralashadi. Bu sharbat ham avval aytilganidek ichiladi.

– Turp bilan sabzini qirib, siqib, 100 ml suviga 1-2osh qoshiq asal qo‘shib aralashtirib, har soatda bolangizga ichirib turing. Bu yo‘talni qoldiradigan eng yaxshi tabiiy dori vositasi hisoblanadi.

Sahifani Sirojiddin ShONAZAROV tayyorladi

Yana o‘qing:  5 daqiqada me’da osti bezi saratonini aniqlash mumkin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: