Bezgakdan yiroq bo‘lay desangiz…

Bezgak keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib, tana harorati ko‘tarilishi, kamqonlik va jigar, taloqning kattalashishi bilan harakterlanadi. U dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida qayd etilib, iqtisodiyoti hamda aholisining salomatligiga katta zarar keltiradi.

O‘zbekistonda ham 2010 yilga qadar Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida bezgakning mahalliy turlari qayd etilib turgan. 2002 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan tashkil qilingan OITS, sil va bezgakka qarshi kurash Global fondi tomonidan keng ko‘lamli tadbirlar tashkil qilinishi ushbu kasallik bartaraf etilishida o‘rni katta bo‘ldi.
Bezgakni tibbiy xizmat yordamida yengib chiqish juda qiyin, buning uchun barcha tashkilotlar va muassasalar, xususiy va davlat korxonalari kuchlarini birlashtirishlari zarur. Shuningdek, kasallikning oldini olishda albatta aholi ham faol qatnashishi kerak va uning oldini olish yo‘llari bilan tanish bo‘lishi shart.

Asosiy belgilari: tana haroratining vaqti-vaqti bilan ko‘tarilishi (bezgak xuruji), jigar va taloqning kattalashishi, kamqonlik.


Kasallik sog‘lom insonga anofeles chivini chaqishi orqali yuqadi. Chivin bezgakka chalingan odamni chaqqanida, uning oshqozoniga so‘rilayotgan qon bilan birgalikda parazitlar tushadi. Parazitlar bir necha kun chivin organizmida rivoj­lanadi va yuqumli para­zit tashuvchisiga aylanadi. Sog‘lom odamni chivin chaqqanda uning so‘lagi orqali parazitlar odam qoniga tushadi va aniq bir vaqt ichida kasallik belgilari paydo bo‘ladi.
Bezgak – bezgak chivinlari mavjud joylarda tarqaladi. Chivinlarning ko‘payish joylari asosan soxillari botqoqlashgan suv havzalari, sholipoyalar, axlat chiqindilariga to‘lib ketgan, turg‘un suvli sekin oqadigan ariqlar, suv quvurlarining ishdan chiqishi natijasida vujudga keladigan suv havzalaridir. Shuning uchun chivinlar ko‘payishi va chaqishiga qarshi kurash choralari qo‘llanishi kerak.
Chivin chaqishidan himoya choralarini qo‘llash ham kasallikka chalinish xavfini kamaytiradi, shuning uchun tanani yopib turuvchi yengi uzun ochiq rangdagi kiyim kiyish, chivinlarga qarshi kimyoviy vositalar – repellentlar, aerazollar, surtma moy dorilar – kremlardan foydalanish muhimdir.

Aholidan kasallikning oldini olish maqsadida endemik davlatlarga ketishdan oldin hududiy oilaviy poliklinikalarda faoliyat yurituvchi maslahatxonalarga murojaat etishlarini tavsiya qilamiz.

Karima QURBONALIYEVA,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tuman bo‘limi
Parazitologiya laboratoriyasi mudiri,
oliy toifali parazitolog

Yana o‘qing:  SILGA QARSHI DORI YARATILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: