Sog‘lom bo‘lishning 6 ta oltin qoidasi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugun dunyo aholisining 60 foizga yaqini yetarli darajada jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanmaydi. Oqibatda yurak-qon tomir tizimi xastaliklari va qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar soni yildan yilga ortib boryapti.
Quyida sog‘lom turmush tarzining 6 ta eng oddiy va
samarali qoidalari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Jismoniy faol bo‘lish


Jismoniy mashqlar sog‘lom turmush tarzining asosi. Shu sababli inson o‘zining yoshi, jismoniy holatiga ko‘ra, piyoda yurish, yugurish, velosiped haydash va hokazolardan biri bilan doimiy shug‘ullanishi lozim. Ularga har kuni kamida 30 daqiqa sarflash tavsiya etiladi.

Ratsional ovqatlanish


Salomatlik ko‘p jihatdan to‘g‘ri ovqatlanishga bog‘liq. Shu bois vitaminlarga boy taomlar iste’mol qilish lozim. Meva-sabzavotlar kunlik ratsionning 60 foizgacha qismini tashkil etishi kerak. To‘yingan yog‘ va shakar semizlikka sabab bo‘ladi.

Dam olish va uxlash
Samarali mehnat bilan birga, oqilona dam olish salomatlik uchun juda muhim. Inson o‘zini jismoniy va ruhiy jihatdan ortiqcha zo‘riqtirmasligi zarur. Soat 23:00 dan kechikmay uxlash, bir sutkada kamida 7-8 soat dam olish kerak. Doimiy uyqusizlik sog‘lik uchun xavf tug‘diradi.

Toza suv ichish
Ma’lumki, tanamizning taxminan 2/3 qismi suyuqlikdan iborat. Barcha hujayra va to‘qimalar, qon, limfa va boshqalarning asosini suv tashkil etadi. Tana esa kuniga taxminan 2,4 litr suv yo‘qotadi. Shuning bois uning normal ishlashi uchun kun davomida kamida 1,5-2 litr suv ichish lozim.

Stressni boshqarish


Bu – sog‘lom turmush tarzining muhim qismi. Stressni boshqara olmaslik jiddiy kasallik­larga olib keladi. Eng yomoni, bu holat ­e’tiborsiz qoldirilsa, kashandalik va spirtli ichimliklarga qaramlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Yomon odatlardan voz kechish
(chekish, alkogolizm)


Yomon odatlardan xalos bo‘lish salomatlikning yana bir oltin qoidasi. Har bir chekilmagan sigareta sog‘lom hayot sari tashlagan muhim qadam.

Eng asosiysi, yuqoridagi qoidalarni alohida-­alohida emas, balki komp­leks tarzda amalga oshirish kasalliklarning oldini olish hamda salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati

Yana o‘qing:  ORGANIZMNING ULKAN “FILTRI”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: