Ko‘p terlashdan xoli bo‘lay desangiz…

Ma’lumotlarga qaraganda sayyoramizning 90 foiz aholisi gipergidrozdan aziyat chekadi. Aslida insonning terlash jarayoni, sog‘lomlikdan, organizmning barcha hujayralari to‘liq ishlayotganidan dalolat beradi. Lekin temir moddasining me’yordan oshishi, me’yordan ko‘p terlash va hidlanish, organizmning ichki va terining tashqi kasalliklaridan darak beradi. Bizda, ya’ni o‘zbeklarda, endokrinolog huzuriga bunday muammo bilan borish ko‘pincha uyat sanaladi. Hech bo‘lmaganda, shu shifokorda men xaqimda nojo‘ya hidli odam ekan degan fikr tuyulmasin, deya bormay qo‘ya qolinadi, kasallikni o‘z bilganicha dezdorant yoki boshqa kimyoviy moddalar asosida hal qilishga uriniladi. Muammoni bu usulda yechish o‘ta xavfliligi bilan birga, boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqarish ehtimoli mavjudligini hatto o‘ylab ham ko‘rilmaydi. Shu masala yuzasidan endokrinolog maslahatlariga quloq tutishga qaror qildik.

Kunlar isishi bilan yoningizda turgan odamning rangli ko‘ylaklar kiyganda qo‘ltiq tagida terlashning asoratlari yoki bo‘lmasa oyoq hidlanishini sezish juda noqulay, agar bu holat o‘zingizda yuz bersa, undan-da hijolatli holat. Ko‘pchilik kundalik gigiyenaga amal qilishni masalaning yechimi, deya qaraydi. To‘g‘ri, gigiyenaga so‘zsiz amal qilmoq lozim, lekin bu muammo yechimi emas. Terlash va uning hidi bilan kurashishdan avval, u bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish lozim. Asl muammo sababi topilgandan so‘ng esa kasallikni hatto uy sharoitida ham davolash mumkin. Keling, kasallikning kelib chiqish sababliriga to‘xtalamiz.
Tibbiyot terlanish va uning hidlanish sabablarini ikki turga bo‘ladi, ularning har ikkisi ham paydo bo‘lishining ma’lum sabablari asosida, inson organizmida shakl­lanib boradi. Agar sizda, jismoniy xarakat, mashq yoki qandaydir bosim (hayojon, qo‘rquv)dan kuchli terlanish hosil bo‘lsa, bu gipergid­roz emas, aksincha, organizmning bu xarakatlarga nisbatan normal reaksiyasi sanaladi. Lekin terlanish butun badan bo‘ylab emas, qo‘ltiqostida,oyoq yoki yuzda, ob havo va inson haroratining normal haroratida paydo bo‘lsa, unda bu organizmda moddalar almashunuvida ro‘y berayotgan xatolikdan dalolat beradi va gipegidroz kasalligi deya ataladi.

Haddan ziyod terlanishning ikki turi mavjud – birlamchi gipergidroz (muayyan mavjud), ikkinchi turi (umumiy). Birinchi tur kasallik tibbiy nuqtai nazardan mavjud holat sanalsa, ikkinchi tur kasallik, boshqa biron birxastalik yoki dorilar natijasida kelib chiqqan sanaladi. Birinchi gipergidroz turida terlanish badanning muayyan hududida, qo‘ltiq ostida, badanning pastki qismida, yuzda yoki oyoqda sezilsa, ikkinchi tur gipergidrozda esa ko‘p xolda butun badan terlaydi va qo‘lansa hid taratadi.


Ba’zi hollarda terlash ichki kasalliklarning jiddiy simptomidan ham dalolat berishi mumkin. Masalan, siz tunda qo‘ltiq terlanishining kuchli hidini sezsangiz, shifokorlar SILga qarshi tahlil qildirishingizni masalahat berishadi.

Yana o‘qing:  TO‘G‘RI OVQATLANISH – HAZM TIZIMI KASALLIKLARINING OLDINI OLADI

Sabablari


Homiladorlik va emizish:
Homilador ayollarda gormonal holatlarning o‘zgarishi temir moddasining me’yordan ortiq ishlab chiqilishiga sabab bo‘ladi. Tabiiyki, badanda me’yordan ortiq temir moddasining mavjudligi o‘tkir hidni ham keltirib chiqaradi. Bunday holatda ayollar endokrinolog maslahatini olishlari shart.

Yosh qizchalar va o‘spirin yoshidagi qizlar:
5-8 yosh oralig‘idagi qizlarda jinsiy o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi, o‘spirin yoshidagi qizlarda (10-15 yosh) to‘liq o‘tish davrida gormonal holatlarning tez o‘zgarishi kuzatiladi. Bu holat aksariyat shu davrdagi qizlarda qattiq terlanish va hidlanish jarayonini yuzaga keltiradi. Diabet bilan xastalangan barcha turdagi bemorlarda shu kabi holatlarni kuzatish mumkin. Ularda terlash butun badan bo‘ylab yoki badanning ba’zi qismlarida sodir bo‘ladi. Organizmning kuchsizligi, immunitetni pasaytirib, harakatga nisbatan javob reaksiyasini terga almashtiradi va o‘tkir hid hosil qiladi.
Shu sababli ota-onalar bunday holatda tezda shifokor huzuriga borishlari va quyidagi barcha turdagi tahlillardan o‘tishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
– endokrin tizimlar kasallanishi;
– qand diabeti;
– alkogollik;
– semizlilik;
– onkologik holatlar.
Ba’zi ruhiyatga ta’sir qiluvchi dorilar va qon bosimini tushiruvchi tibbiy vositalar tarkibi ham terlanishni keltirib chiqarishi mumkin, chunki dori qabul qilish qon tarkibini o‘zgartirib yuboradi va organizm holatga nisbatan, tabiiy javob qaytaradi.

Terlash va uning hidini ketkazish


Dorixonalardan xarid qilish mumkin bo‘lgan, qo‘ltiq osti terlanishining oldini oluvchi maxsus vositalar va moylar mavjud bo‘lib, ishlatish jarayonida yo‘riqnoma bilan tanishib chiqilishi talab qilinadi.

Qo‘ltiq osti uchun maxsus qoplamalar:
Maxsus qoplamalar kiyimga yoki terining bir tamoniga taqiladi, qoplamaning boshqa qismi esa terini quritib boradi. Ular juda ingichka bo‘lib, kiyim ostidan bilanmaydi va iz qoldirmaydi. Ayollar ham erkaklar ham bu qoplamalardan foydalansa bo‘laveradi.

Radikal uslub:
Hozirda maxsus ukol BOTKS orqali qo‘ltiq osti teri temir moddalarini aktivlashish jarayonini bosimga olish moda tusiga kirgan. Bu holat bir tomondan terlash va hidlanishdan uzoq muddatga uzoqlashtirsa, ikkinchi tamondan inson organizmi uchun juda katta xavf tug‘diradi. Terlanish,teridagi temir moddasi, terining haroratini belgilab turadi, agar ularning me’yoriy funksiyasi kamaytirilsa yoki bosim qilinsa, bu yurakka ta’sir qilishi mumkin. Yoki bo‘lmasa, jinsiy a’zolarning hidlanishiga olib keladi.
Ionoforez – bu uslubda, bemorning ustki teri qismiga yengil elektro tokli ta’sir o‘tkaziladi. Bu holat bir haftaga ta’sir qiladi va qayta qayta bajarish teri qatlami uchun xavf tug‘diradi.

Jarrohlik orqali muammoni hal qilish:
Bu juda qimmat usul. Terlanishga sabab bo‘lguvchi teri nervlari jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi. Lekin bunda asab tizimlarida va nafas yo‘llarida muammo tug‘ilish xavfi mavjud.

Terlanishni xalq tabobati orqali davolash usullari:
Achchiq tosh – achchiq tosh kukuni terlanish va uning hidini olish uchun qulay vosita sanaladi. Avvaldan greklar va yaxudiylar bu usuldan juda keng foydalanishgan. Dorixonalardan achchiq tosh kukunini bemalol xarid qilishingiz mumkin. Foydalanish usuli esa juda oddiy. Achchiq tosh kukuni kechqurun yotishdan avval, qo‘ltiq osti yuvib bo‘lingandan so‘ng suriladi va ertalab yuvib tashlanadi. Agar sizda achchiq tosh kukunini un kabi maydalash imkoni bo‘lsa, shu holda ko‘chaga chiqishdan avval surtishingiz va kun mobaynida terdan xoli bo‘lishingiz mumkin.
Tibbiy spirt – umuman spirt, har xil zararkunandalarni o‘ldirishda qulay vosita. Paxta orqali tibbiy spirt bilan oyoq yoki qo‘ltiq osti hidlanish qismini artasiz, jarayonning doimiyligi kasallikni yengishga yordam beradi.
Olma uksusi – ikki choy qoshiq olma uksusiga uch qoshiq sovuq suv aralashtirasiz va teringizning muammoli qismiga surtasiz. Bu aralashmadan soch to‘kilishini oldini olishda ham foydalanish mumkin.

Iste’mol sodasi va moychechak – 1 litr moychechak qaynatmasiga ikki osh qoshiqda soda solinib aralashtiriladi. Bu qorishma har ikki soatda terining mummoli joyiga surtiladi. Oyoq uchun esa vanna qabul qilinadi.


Eman daraxti ildizi. 1 litr suvga 50 g. eman ildizi solinib, yarim soat qaynatiladi. Tayyor qorishma qo‘ltiqqa surtiladi. Oyoq uchun esa vanna qabul qilinadi. Davolanish natijasi esa bir oyda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Limon suvi – braziliyalik ayollar, limon suvi orqali terlanish va hidlanishdan saqlanadilar, faqat bir jihati noqulaylik tug‘diradi, teriga kiyim iplari yopishib qolishi g‘ashingizga tegadi.
Osh tuzi va iste’mol sodasi qorishmasi – bu ham terlanish va hidlanishning oldini oladi, ammo me’yordan ortiq surtish teri allergiyasini keltirib chiqarish ehtimoli mavjud.

Yana o‘qing:  Antibiotiklar virusli kasalliklarda aks ta’sir ko‘rsatadi(mi?)

Maxsus diyetalar, endokrinolog tavsiyasi:
Yodga boy mahsulotlardan tiyilish. Jigar, mol go‘shti, kurka va piyozli mahsulotlarni kam iste’mol qilish. Qulupnay, uzum va bodom mevalari terlanishni oshiradi, shu sababli mutaxassislar bunday mevalarni ko‘p iste’mol qilishni maslahat bermaydilar. Ko‘proq suv ichish hid toksonlarini yo‘qotishda yordam beradi. B vitaminiga boy mahsulotlarni ko‘proq yeyish (ayniqsa qishda), ko‘katlar, baliq va sut mahsulotlari ham bunga misol bo‘la oladi. Vitamin C, B12 va B6 minerallariga boy mahsulotlarni ham kanda qilmaslik lozim. Ovqatdan oldin qora qahva o‘rniga issiq yalpizlik choy ichish juda foydali. Kofeini mavjud ichimliklardan iloji boricha voz kechish kerak.

Abdusattor HAKIMOV,

shifokor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: