Tilga qarab tashxis qo‘yishni bilasizmi?
Sharqda keng qo‘llaniladigan tilga qarab kasallikka tashxis qo‘yish – kasalni ko‘rish va umumiy tashxis qo‘yishning
asosiy bosqichlaridan biridir. Tashxis qo‘yishning bu turi organizmda kechayotgan jarayonlarni, turli kasalliklarning yuzaga kelayotgani va rivojlanish bosqichlarini bilib olish imkoniyatini beradi.
Til – salomatligingiz ko‘rsatkichi. Bu haqda Sharqda doimo juda yaxshi bilishgan va o‘sha zaminda tashxisni o‘zgacha va ancha samarali turi – kasallikni tilga qarab tashxis qo‘yish paydo bo‘lgan. Sharq tabobatida til yurak bilan bog‘langan deb sanaladi. Bu yerda nafaqat tilning yurak bilan jismonan bog‘liqligi nazarda tutiladi, balki so‘zlarimiz, nutqimiz ham yurakdagi muammolardan darak beradi. Ammo bizning organizm bu yagona – yaxlit bo‘lib, yurakning holati boshqa organlarga ham ta’sirini o‘tkazadi. Vaholanki tanamizning turli organlari holati tilimizni tegishli qismlarida o‘z aksini namoyon etadi. Shunga muvofiq, tilimizni o‘sha uchastkalaridagi o‘zgarishlar, jumladan rang o‘zgarishi yoki ortiqcha sezgirlik paydo bo‘lishi bizga tegishli organlarda energiyani disbalansi va buzilishdan xabar beradi.
Qadimiy Xitoy tabobatiga asosan, til – tanamizni yuqori qismiga tegishli bo‘lib o‘pka va yurakning holatlarini aks ettiradi, til yon tomonlari jigarimiz va o‘t pufagi sog‘lig‘i haqida «gapiradi», til beli esa oshqozon va taloq holatini bildirsa, til tomiri buyraklarimiz ahvolidan darak beradi.
Ko‘p hollarda kasallikning birlamchi alomatlari aynan til holatida ko‘rinadi (rang o‘zgargani, qarash, qizarishlar va hokazo) shuning uchun kasallikka tilga qarab tashxis qo‘yish paytida birinchi navbatda til kattaligi, formasi va rangiga e’tibor beriladi. Sharq tabobatiga ko‘ra shamol energiyasi disbalansida til qizil rangda, quruq va dag‘al, chekkalarida mayda chuqurliklar mavjud bo‘ladi. Shillik (beken) energiyasi buzulishida, til usti tekis va nursiz, bir oz shishgan, nam va yopishqoq, oq – kulrang qarashga ega.
Safro (tripa) energiyasi disbalansida ham til ko‘rinishi o‘zgaradi, ya’ni unda oq – sariq qarash paydo bo‘ladi, og‘iz bo‘shlig‘ida achiqqimtir ta’m paydo bo‘ladi.
Kasallikka tilga qarab tashxis qo‘yish uchun eng yaxshi vaqt bu ertalab och qoringa ma’qul sanaladi. Dastlab tildagi barcha organlar aks etgan uchastkalar aniqlanadi va ulardagi har qanday o‘zgarishlar qayd etiladi. Bu o‘zgarishlar tegishli organlar yoki organizm tizimilarini eng avvalo qon holati haqida xabar beradi.
Shifokor o‘z e’tiborini til rangiga, uning turli qismlaridagi qarash turiga, yuzaki qismi, formasiga (tekis, g‘ovakli zichligi va hokazo) unda paydo bo‘lgan pufaklar, papilloma, yaralarga va ularning joylashishiga, tilni harakat etish darajasiga qaratadi.
Sog‘lom odam tili qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Uning tili binafsha rang va silliq yuzli, oq tusli katta bo‘lmagan qarashli, til ustidagi bo‘rtmalar yaxshi ko‘rinadi va oqibatda til duhobasimon tus berib turadi.
Tilning ichki organlar bilan bog‘liqligi:
– til ildizi – bu ichaklar;
– til uchidan chap tomon – chap o‘pka, o‘ng tomon – o‘ng o‘pka;
– til markazi – yurak;
– til ildizidan chap tomon – chap buyrak, o‘ng tomon – o‘ng buyrak;
– o‘ng tomondan, o‘pka va buyrak proyeksiyalari o‘rtasida jigar proyeksiyasi.
Til rangi.
Bo‘zargan rang til – qonda energiya kamligi alomati bo‘lib, anemiya va organizm holdan toyganidan darak beradi. Tilni past qismi bo‘zargan rangda – jigar va o‘t pufagi kasalligi alomati. Qizil (malina) rangli til – og‘ir infeksiyali kasallik, yuqori temperatura, zaharlanish, pnevmoniya. To‘q qizil rangli til – og‘ir buyrak buzilishida zaharlanish, semirib yog‘ bosish, surunkali alkogolizm. Ko‘k tusli til – yurak qon tomir kasalliklari qon aylanish buzilishi, yurak – o‘pka yetishmovchiligi bilan birga. Tilning pastki qismida sarg‘ish rang – sariq kasallik rivojlanishi.
Til ustidagi qarashlar. Til ustidagi qarash oshqozonda, yupqa va yo‘g‘on ichakda to‘plangan toksinlardan dalolat beradi. Agar tilning faqat orqa qismi qarash bo‘lsa – toksinlar yo‘g‘on ichakda, agar qarash faqat til o‘rtasida ko‘rinsa – toksinlar oshqozonda, ingichka va o‘n ikki barmoqli ichakda mavjudligi alomatidir.
Qirindi yo‘q, til yaltiraydi – oshqozon energiyasi kuchsiz, ichki sekretsiya faoliyatida muammo bor.
Qarash ko‘pligidan sal shishgan va namli til. Bu quyidagilar alomati bo‘lishi mumkin: oshqozon yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi, gastrit, xoletsistit, appenditsit, yahshi ishlamayotgan buyrak, ozuqadan yoki dori vositasidan zaharlanish, infetsion kasalliklar (qizamiq).
Yupqa qarash – kasallikni boshlanishi yoki yuzaki lokalizatsiya.
Qalin qarash – surunkali kasallik.
Oq, nam, yupqa qarash – oshqozon energiyasi joyida.
Oq rang – oshqozon kislotasi pastligi, disbakterioz.
Sarg‘ish qarash – o‘t pufagida safro ko‘pligi, jigar kasalligi.
Yog‘li, loyqa qarash – hazm bo‘lmagan ozuqa.
Siyoh rang, dog‘li qarash – qon harakati susayishi.
Qora qarash – ovqat hazm tizimidagi, ayniqsa, oshqozon osti bezi va o‘t pufagidagi jiddiy buzulish. Bundan tashqari, organizmni ko‘p suv yo‘qotish oqibatida qonni kislota – ishqor balansi (kislotalikni ko‘payishi) buzilganda ham qora qarash paydo bo‘ladi.
Butun til bo‘yicha iflos oq – qul rang qarash – surunkali ich qotish, organizmni mikrob va parazitlar bilan zaharlanishi.
Och kul rangli qarash – difteriya.
Agar vaqt o‘tish davomida qarash qalinlashib, sarg‘ish rangga, undan so‘ng kul rang va qoramtir tus olsa – demak kasallik kuchaymoqda. Agar qarash rangi yorqinlashib yupqalashsa, kasallik qaytayotgan bo‘ladi.
Tildagi dog‘lar:
oq va qizil ranglar almashlanib turishi – qizilcha kasalligidan dalolat;
ko‘kimtir dog‘lar – yurak-qon tomir tizimidagi harakatsizlik holatlari;
qoramtir dog‘lar – buyrakning og‘ir xastaligi.
Shuningdek, tilga qarab kasalga tashxis qo‘yishda quyidagilarga ham e’tibor berish kerak.
Til chekkalarida tishlar izi. Til oldi va yon qismlarida tishlarning chuqur izlari stresslar, nevrozlar va toliqishlardan darak beradi. Ayniqsa, markaziy asab tizimi jiddiy kasalliklarida tish izlari yanada aniq qo‘rinadi. Bundan tashqari, til chekkasidagi tish izlari disbakterioz, organizmda shlaklarni ko‘pligidan va ozuqaning qoniqarli hazm bo‘lmayotganidan darak beradi;
Quruq til. «Til quruqligi» va shilliq pardani quruqlashishi so‘lakni yetarli miqdorda chiqmayotgani (chanqoq) tufayli vujudga keladi va ancha kasalliklarni, jumladan, ich qotishi, peritonit, tana harorati ko‘tarilishi, diabetlar alomati hisoblanadi. Ko‘p hollarda til quruqligi jigarrang qarash paydo bo‘lishi bilan kechadi. Agar shilliq parda ko‘p nam yo‘qotsa, unda yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, quruq til ta’m bilishni yo‘qotishini chaqiradi;
Laklangan va shaxmatli til. Laklangan til usti silliq, yaltiraydi, och – qizil rangli (ta’m biluvchi so‘rg‘ichlarlar atrofiyasi tufayli) bu quyidagi kasalliklar alomati: surunkali kolit, pellagra, oshqozon saratoni. «Shaxmatli» tillaklangan tilni bir turi «B» vitamini va nikotin kislotasi kamchiligi oqibatida paydo bo‘ladi;
Til sosochkalarining qizarishi va kattalashishi. So‘rg‘ichlarni tilni uchiga yaqin bo‘lgan o‘ng yarmida qizarishi va kattalashishi jigar kasalligi alomati, chap yarmidagisi esa taloq kasalligi til uchida esa – tos organlari kasalliklari, tilni o‘rtasi va qirg‘oqlardagisi esa o‘pka kasalliklari alomatidir;
Til liniyasi qiyshayishi. Til liniyasi qiyshayishi – umurtqa qiyshayishidan darak beradi. Til ildiziga yaqin qatlam qiyshayishi – umurtqaning bel qismida qiyshayishidan, til markazida qiyshayish – ko‘krak qafasida qiyshayishdan, til uchidagi liniya qiyshayish – bo‘yin qismdagi qiyshayishdan (bo‘yin osteoxondrozi) dalolat beradi;
Til og‘rishi. Tilning bir tomonga qiyshayishi va og‘ishi – bosh miya tomirlari buzilishi (insult) va ruhiy kasalliklardan dalolat beradi;
Til titrashi. Til titrashi – bosh miya kasalligi, chukur nevrotik buzilishlar alomatidir;
Tildagi yaralar. Til ustidagi yaralar ovqat hazm qilish tizimidagi kasalliklardan dalolat beradi (Kron kasalligi).
Biz kasalliklarga tilga qarab tashxis qo‘yishda qo‘llash mumkin bo‘lgan asosiy alomatlarni sanab o‘tdik. Ushbu tashxis qo‘yish usullari vrachdan mohirlik talab qiladi. Vrach tildagi o‘zgarishlarni nafaqat seza olishi, balki to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun olingan ma’lumotlarni birlashtirib, keyingi tashxis usullari bilan tasdiqlay olishi kerak.
Javlon ABDULLAYEV,
jarroh