ER VA MULK MUNOSABATLARI INSON MANFAATLARIGA XIZMAT QILADI
Mamlakatimizda “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga asosan Kadastr agentligiga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish, xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, xorijiy tajriba o‘rganish va islohotlarda xorijiy ekspertlar xulosalarini olish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash yo‘nalishida ham xorijiy ekspertlar jalb qilingan bo‘lib, kadastr agentligi tomonidan Jahon banki ishtirokidagi “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Umuman olganda, yer va mulk munosabatlari bevosita inson manfaatlari bilan bog‘liq ekan, uni muntazam raishda takomillashtirib borish, qonunchilik bazasini mustahkamlash muhim vazifa sanaladi. Xalqaro hamkorlik aloqalari bu borada zamonaviy yechimlarni qo‘llash va jahon andozalari asosida tizimni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Milliy matbuot markazida “Davlat kadastrlari palatasining 2022–yilda amalga oshirgan ishlari va istiqboldagi rejalari” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu borada atroflicha so‘z yuritilib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutaxassislarning ma’ruzasi tinglandi.
Tadbirda soha xodimlari jurnalistlarning savollariga javob berishdi.
Maryam AHMEDOVA