Chaqaloqni tunda emizishning foydasi

Avvalo, tunda emizish tufayli ona sutining kerakli miqdorini saqlashga va sutning bir maromda yurib turishi hamda ko‘krakda sut yig‘ilib qolmasligiga yordam beradi. Agar bola tunda uch marta to‘laqonli emmasa, sut keragidan kamroq ishlab chiqarila boshlaydi. Mabodo ona tunda bolani emizishni butkul to‘xtatsa, tez orada sut kelishi mutlaqo yo‘qoladi.

Ona suti bola organizmining o‘sib rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar bilan ta’minlashga yordam beradi. Kattalardan farqli ravishda go‘daklar organizmi jadal rivojlanishini unutmaslik zarur. Masalan, chaqaloqning bosh miyasi har ikki soatda ona sutidan olinadigan foydali darmondorilarga juda muhtoj bo‘ladi.

Shuningdek, ona suti go‘dakning me’da-ichak tizimi faoliyatiga yordam beradi. Sut tarkibida ichakni disbakteriozdan himoya qiluvchi moddalar hamda ozuqa hazmi uchun zarur yog‘lar va ovqatning o‘z vaqtida hazm bo‘lishi va organizmdan chiqarilishiga yordam beradigan boshqa moddalar mavjud.

Ona suti bolaning to‘yib uxlashiga yordam beradi. Chaqaloqni tunda endigina chiqayotgan tishlarining og‘rishi, ho‘l taglik va noqulay kiyim bezovta qilishi mumkin. Baland harorat bilan kechadigan boshqa jiddiy muammolar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Tashqi vaziyat tufayli yuzaga keladigan barcha salbiy omillarni bartaraf etish shart. Tungi uyg‘onishlar sabablarining barchasini ko‘krak suti bilan emizish yordamida muvaffaqiyatli hal etish mumkin.

Tagligi almashtirilgan go‘dak biroz vaqt ko‘krakni emib yotganidan keyin uxlab qoladi. Kiyimining noqulayligini ona emizish paytida sezishi mumkin, shu bilan birga sutdagi og‘riqni qoldiruvchi gormonlar tish og‘rig‘ini susaytiradi. Sut tarkibiga kiruvchi immun omillari va tabiiy antibiotiklar har qanday infeksion kasallikning kechishini yengillashtiradi.

Tunda bolani yotgan holda emizgan ma’qul. Bu holatda bola ko‘krakni yaxshi emadi, onaning tanasi esa bo‘shashgan holatda bo‘lib, u onaga dam olish yoki biroz mudrash imkonini beradi. Emizish uchun yotgan holatdagi eng xavfsiz variant – ona ham, bola ham yonboshda bir-biriga qaragan holda yotishi.

Ko‘krak sutidagi qand moddasi tishlarni parchalaydigan qand moddasiga o‘xshamaydi. Buning ustiga ko‘krak suti tarkibida bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini kariyes va zararli bakteriyalarning ko‘payishidan himoya qiluvchi moddalar mavjud.

Ko‘krakni emish bola tishlarining bir-biriga tegib turish holatini buzmaydi. Aksincha, hech qachon shisha idishdan sut ichmagan, so‘rg‘ich emmasdan, faqat ko‘krak emgan bolalar, statistika ma’lumotlariga ko‘ra og‘iz-jag‘ sohasining yaxshi rivojlanishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishar ekan.

Yana o‘qing:  TABIIY DORI VOSITALARI AFZALMI YOKI SUN’IYSI?

Ko‘krak suti bolaning me’dasiga og‘irlik qilmaydi.

Emizish bola uchun zararli bo‘lgan tungi uyg‘onishlarning oldini oluvchi eng yaxshi profilaktika hisoblanadi. Ona emizish tufayli go‘dagining me’yorda rivojlanishini va foydali bo‘lgan tungi uyqusini davom ettirishini ta’minlaydi.

Neonatolog Feruza Jabborova tavsiyalari asosida Nargiza Uglamova tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: