Bolaning «tili chiqishi» kechikayaptimi?

Bola gapirishga shoshilmayotgan bo‘lsa, uning otasi yoki onasi bolaligida necha yoshdan so‘zlay boshlaganiga qiziqish kerak. U jihat unga o‘z ota-onasidan meros bo‘lgandir.
Ayrim onalar bolam 3-4 yosh bo‘ldi, hamon gapirmayapti, deb xavotirlanadi. Lekin mutaxassislarning aytishicha, hamma bolalar ham erta gapirmas ekan. Ba’zi bolalar (ko‘pincha qizchalar) 1-2 yoshdan o‘nlab so‘zlarni burro aytadi. Ayrimlari esa ota-onalarni kuttiradi.

Kichkintoyning gapirishiga, xuddiki «katta bo‘lishi»ga, ota-onalar shoshishadi va bola necha yoshda gapiradi, degan savollar ota-onalarning ko‘pchiligini bezovta qila boshlaydi. Hattoki, bolaning gapirish vaqtiga yetmasdanoq, gapirmayotganini kasallikka mengzash holati ham uchrab turadi.
Bola tili chiqishi kechikishiga sabab bo‘luvchi omillar turli-tuman. Muammoning yechimi har xil bo‘lishi mumkin. Shu bois
bolalar shifokori Salomat Xo‘jaboyevadan ota-onalarga qiziq
bo‘lgan bir qator ma’lumotlar oldik.

Bolalarda nutq rivojlanishdan ortda qolishiga bir qator jismoniy va ruhiy omillar sabab bo‘ladi. Ulardan ba’zilarini mustaqil ravishda bartaraf etsa bo‘ladi. Ayrim hollarda esa mutaxassisdan yordam so‘rashga to‘g‘ri keladi. Bunda avvalo bolaning gapirishiga nima xalaqit berayotganini bilish juda muhim. Albatta, bunday muammoga duch kelinganda asosan malakali logoped-defektolog­lar yordam ko‘rsatadi. Ota-ona bolani shifokorga olib kelganda ko‘rik jarayonida nutq o‘sishiga to‘siq bo‘layotgan sabab aniqlanadi va uni bartaraf qilish usullarini taklif etiladi. Bu muammoga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin.


Shubhasiz har bir bola o‘ziga xos tarzda rivojlanadi. Agar sizning farzandingiz qo‘shningizning bolasidan bir oy oldin yura boshlagan bo‘lsa u qo‘shnining bolasidan ancha keyin gapirishni o‘rganishi mumkin. Bu xavotirga sabab bo‘lmaydi. Bu uning rivojlanishidagi o‘ziga xoslik bilan bog‘liq. Vaqti kelganda u ham bosh­qa bolalar kabi bemalol gapira boshlaydi.


Inglizlarda bir latifa bor: Bolakay bir necha yil davomida gapirmabdi. Ammo unga bemaza bo‘tqani berishganda bundan norozi bo‘lib gapirib yuboribdi. Bu voqelik haqiqatdan uzoq emas. Farzandiga keragidan ortiq g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onalarning bolalari o‘z istaklarini so‘z bilan aytishga ehtiyoj sezmaydi. E’tibor bermaslik ham nutq rivojlanishiga turtki berishi mumkin.


Bu bola bilan umuman shug‘ullanmaslikni anglatadi. Chaqaloq tug‘ilganidan e’tiboran onasi va otasining, bosh­qa yaqinlarining muloyim so‘zlari qurshovida bo‘lishi kerak. Agar ona go‘dakni to‘ydirish va parvarishlash bilan cheklanib, u bilan muloqotni kam qilsa, gaplashilmasa qanday qilib nutq rivojlanishi mumkin? Bola bilan iloji boricha ko‘proq gaplashish talab etiladi.

Yana o‘qing:  San’at ixlosmandlari rahmdil va ochiqqo‘l bo‘lishadi

Bunday oiladagi bolalar ham ko‘pincha tengdoshlaridan kech gapira boshlaydi. Buning oldini olish uchun bola tili chiqquncha u bilan bitta tilda, oson so‘zlar bilan gaplashish lozim.


Noqulay ruhiy muhit. Afsuski, stress nafaqat kattalar, balki bolalar ruhiyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qattiq qo‘rqish, oiladagi janjallar ham bola nutqining rivojlanishini kechiktirishi mumkin. Qattiq qo‘rqish, ruhiy shikastlanish duduqlanishga va ruhiy rivojlanishdan kechikishga olib keladi. Bunday kechikish bolalar psixologi yordamida bartaraf etiladi.


Ba’zi ota-onalar tezroq gapirtirish uchun jiddiy kirishadi va farzandining «jahlini» chiqarishadi. Ayniqsa, kichikligidan qaysar bolalar ularning bu qilig‘i uchun ataylab gaplashmay qo‘yadi. Shuning uchun zo‘r berib bolani gapga solishga urinish ham yaxshi emas.


Agar bola gapirishga shoshilmayotgan bo‘lsa uning otasi yoki onasi bolaligida necha yoshdan so‘zlay boshlaganiga qiziqish kerak. U jihat unga o‘z ota-onasidan meros bo‘lgandir. Bunday holatda vaqti kelganda bolaning o‘zi tengdoshlariga yetib oladi.


Bolaning asab tizimi to‘g‘ri shakllanishiga tug‘ruq asoratlari ham sabab bo‘ladi. Bu holat chaqaloqligida nevropatolog ko‘rigida aniqlanib, bolada nutq rivojlanadigan davrda yuzaga chiqadi. Bu nuqsonni tuzatish borasida logoped va defektologlar ishlaydi.


So‘z boyligi ko‘payishi uchun bola atrofdagilarning so‘zlaganini eshitishi va qabul qilishi kerak. Agar umuman eshitmasa, albatta gapirishni ham o‘rganolmaydi. Bu tashxisni lor shifokor aniqlaydi va davo choralarini belgilaydi.


Nutq apparati me’yorida ishlasagina bola turli tovushlarni chiqaradi. Agar unda muammo mavjud bo‘lsa bu albatta nutq rivojlanishida aks etadi. Mushak­lar tonusi sustligi, til osti tugunchasi qisqaligi va boshqalar artikulyasiyada qiyinchilik tug‘diradi. Bunda bola qattiq ovqatlarni chaynay olmaydi, og‘zini ochib yuradi, so‘lak ko‘p oqadi. Bunday holatda nevrolog, nevropatolog, logoped-defektologlar yordam beradi.


Bu nutqning to‘la rivojlanmaganligi yoki umuman bo‘lmasligi, fik­rini bayon qilishdagi muammolar. Mazkur tashxis nutq markazlarining yetarli rivojlanmaganligini bildiradi. Homila ona qornida bo‘lganda ayol yiqilishi yoki go‘dakligida jarohat olishi oqibatida bosh miyaga shikast yetib shunday asorat qolgan bo‘lishi mumkin. Bu nuqson bir nechta shaklga ega: yengil va og‘ir (12 yoshda ham nutqning bo‘lmasligi). Bu bilan bir vaqtda mayda va yirik motorikaning buzilishi kuzatilishi mumkin, masalan, bola bir oyog‘ida uzoq turolmaydi. Bu nuqsonni mustaqil bartaraf qilib bo‘lmaydi, bolani professional mutaxassis yordamida davolash, uning maslahatlariga amal qilish zarur.

Yana o‘qing:  FIDOYILAR HUZURIDA

Nutq to‘g‘ridan-to‘g‘ri aqliy va ruhiy rivojlanish bilan bog‘liq. Turli genetik kasalliklar, autizm, daun sindromi, aqliy zaiflik, shubhasiz nutq rivojlanishiga ta’sir qiladi. Malakali mutaxassisning bola bilan tizimli ishlashi nutqni korreksiyalashga yordam beradi. Gaplashishni o‘rganishda bolaga yordam berish uchun kechikishning sababini bilish zarur. Bolaning tili chiqishi kechikkanda ota-ona farzandi mustaqil gapirib ketishini kutib yurmasdan u bilan faol shug‘ullanishi kerak bo‘ladi. Logoped maslahatlari muammoni tezroq hal qilish imkonini beradi.


Chaqaloqlar ikki oyda tovush chiqaradi, 4-6 oylikda ilk bo‘g‘inlarni ayt­sa bola nutqi rivojlanishi me’yorida ekanini bildiradi. 10-11 oylikda odatda ilk so‘zlarni talaffuz qiladi, bir yoshda esa uning so‘z boyligi 5-10 so‘zdan, ikki yoshda esa 200-300 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak. Uch yoshda bola qo‘shma gaplarni tuza oladi va she’rlarni aytadi. Ko‘pincha ota-­onalar bolani birinchi marta logopedga uch yoshida olib kelishadi. Besh yoshda nutqni to‘g‘rilash qiyinroq kechadi. Yaxshi mutaxassis sizni nevrologga yuborishi mumkin.


Ba’zi bolalar juda imillagan, odamovi va og‘ir-bosiq bo‘ladi. Ular juda kichkinaligidanoq bolalarni uzoqdan kuzatishni yaxshi ko‘radi. Bolalar bilan birga o‘ynamaydi, to‘rt yoshga to‘lganda zo‘rg‘a gapirishni boshlaydi. Bunday tabiatli bolalarda kech gapirish atrofdagi muhit to‘g‘risidagi tasavvurning kamligi va haddan tashqari tortinchoqlik shu tufayli paydo bo‘ladi. Bunday bola bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish, birga qo‘shilib o‘ynash, mehmonga, do‘konlarga, jamoat joylariga birga olib yurish kerak.
Bolalar bog‘chasi uchun eng muvofiq yosh – 3 yosh. Bolani ko‘proq rivojlantiruvchi o‘yinlar bilan shug‘ullantirish kerak. Buning uchun uyda har kuni 15-30 daqiqa shug‘ullanish yetarli bo‘ladi. Va albatta rag‘batlantiring. Baqirish bilan hech narsaga erisha olmaysiz.
O‘z hissiyotlarini ifodalash juda muhim. Buning uchun timsoh tipidagi o‘yinlar mos keladi: qayerda qiliq qilish, qayerda mimika bilan ishlab o‘z ichki dunyosini tushuntirish. O‘z hissiyotlaringizni ko‘rsatishdan tortinmang.
Hech kimning gapiga quloq solmang, taqqoslamang va «mening bolam rivoj­lanmayapti yoki ruhiy noqismi» degan fikrni xayolingizga keltirmang. Mana ko‘rasiz, u hammadan yaxshi bola bo‘ladi, bu sizning qo‘lingizdan keladi! Unga iloji boricha mehringizni bering, seving!

GULSHAN tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: