Mavsumiy allergiya nima?

Kundalik turmushimizda turli kimyoviy vositalarning ko‘p qo‘llanilishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, ekologiyaning buzilishi, shuningdek, elektronika mahsulotlaridan muntazam foydalanishimiz allergiyaga sabab bo‘lmoqda. Masalan, uning turlari ko‘p: nafas yo‘llari, teri, oziq-ovqat, dori va hasharot allergiyasi…

Ularning ichida mavsumiy allergiya ham borki, u tibbiyot tilida «pollinoz», deb ataladi. O‘simliklar changi sabab bo‘luvchi bu kasallikka chalinish asosan mart, aprel oylaridan boshlanib, boshoqli, sho‘ra va shuvoq gullash davri – kech kuzgacha davom etadi. Ayniqsa, mevali daraxtlar gullaganda kuchayadi. Agar vaqtida e’tibor qilinmasa, mana shu pollinoz ham keyinchalik surunkali astma kasalligiga olib keladi.
Pollinoz kasalligi o‘simlik guli changi bilan bog‘liq xastalik bo‘lgani uchun u asosan allergik rinit (burun bitishi, oqishi, qichishishi, aksirish), allerik konyuktivit (ko‘z yoshlanishi, qichishishi, qum kirib qolgandek hissiyot bo‘lishi kabilar) yoki bo‘lmasam allergik rinokonyuktivit (ham burunda, ham ko‘zda yuqoridagi belgilar birgalikda kelishi) ko‘rinishida kechadi. Shifokorlar uning belgilarini kamaytirish uchun ayni bahor mavsumida bemor o‘zini changdan himoya qilishini, burun bo‘shlig‘ini tuzli suv bilan chayib turishini, parhez qilishi va turli zararli odatlar – ichish, chekishdan voz kechishni tavsiya qilishadi. Shuningdek, bemor mavsum paytida bir muddat iloji boricha tog‘ va tog‘oldi hududda istiqomat qilishi ham ta’kidlanadi, chunki tog‘da o‘simlik va gullar nisbatan kechroq gullaydi. To‘g‘ri, mazkur tavsiyalar bemorni bu kasallikdan birmuncha asrashi mumkin. Lekin allergiya mavsumi vaqtida bir hududdan boshqa hududga borib yashashga hammaning ham sharoiti to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Bu masala bizga nima uchun muhim?


Yurtimizda aynan chang allergiyasiga chalinish juda ko‘p. Ko‘z doktorlariga mart oyidan boshlab, iyunga qadar ko‘plab bemorlar murojaat qiladi. Ular ko‘zim qichishyapti, yoshlanyapti, yorug‘ga chiqsam, ko‘zim qamashib ketyapti, degan shikoyatlar bilan keladi. Bu ko‘z allergiyasining belgilari hisoblanadi. Biz uni maxsus mik­roskop orqali tekshirganimizda organizmda allergiya belgilari mavjudligini ko‘ramiz. Keyin nimaga allergiyangiz bor, deb savol beramiz. Buni bemorlarning o‘zi ham bilsa, bizga oson bo‘ladi. Bunaqa holatlarni allergolog va oftalmolog birga davolaydi. Chunki allergiyaning belgilari ko‘pincha ko‘zga bersa, bemorning boshqa a’zolariga ham aks ta’sirini berish ehtimoli ko‘p.

Yana o‘qing:  Sport mashg‘ulotlari ijobiy fikrlovchilar uchun ko‘proq foydali

Chang organizmga qanday o‘tiradi?


Ko‘zda, burunda organizmning shilliq qavati bor. Juda mayda bo‘lgani uchun changlar ko‘z ustiga, burunga yopishib, aksirganda organizmda kuchli reaksiya paydo bo‘ladi. Kimgadir bir-ikki soatda reaksiya berishi mumkin. Kimgadir esa 24 soat ichida reaksiya berish ehtimoli bor. Shu vaqt o‘tgandan so‘ng uning belgilari paydo bo‘la boshlaydi.
Changlar ko‘zga ko‘rinmas bo‘ladi. U ko‘zning shilliq qavatiga yopishgandan so‘ng organizm reaksiya berishni boshlaydi.

Bu holat kimlarda ko‘proq uchraydi?


Yoshligida kim ko‘proq notoza joylarda daraxtlarning oldida yurgan bo‘lsa, ularda allergiya bo‘lish faktori ko‘proq kuzatilishi mumkin. Burun bitadi, oqadi, qichishadi va tinimsiz aksiradi. Ko‘z qichiydi, yoshlanadi, yorug‘ga chiqib bo‘lmaydi, qum kirgandek bo‘lib turaveradi.
Kasallik avj olishini kutib turmasdan uning oldini olish zarur. Hozirgi kunda buning iloji bor profilaktik davo va vaksina qo‘llanilib, davolash ishlari allergolog nazoratida olib boriladi.

Allergolog-immunolog

Sherzod MUXTOROV tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: