Bezgak yuqumlimi?

Bezgak – dunyoning yuzdan ortiq davlatlari aholisi sog‘ligiga xavf tug‘dirib kelmoqda. Kasallik, asosan, Afrika, O‘rta Osiyo, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Yevropaning ayrim hududlarida uchramoqda.

Salomatlik inson uchun eng bebaho ne’mat bo‘lib, uni asrab-avaylashda sog‘lom turmush tarzi tartiblariga qat’iy rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun kishi har kuni vaqt ajratib sport bilan shug‘ullanishi, ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor qaratishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi lozim. Aks holda turli xavfli yuqumli kasalliklarni yuqtirib olish hech gap emas.
Jumladan, o‘tkir yuqumli kasalliklardan biri bo‘lgan bezgak isitma xurujlari, ichki a’zolar shikastlanishi, kamqonlikning rivojlanishi bilan kechadigan xastalikdir. Bir hujayrali parazit kasallikning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib, u chivin hamda odam organizmida ko‘payib, bezgak chivinlari orqali tarqaladi. Ularning 4 xili, tropik bezgak, uch kunlik, to‘rt kunlik bezgak, ovale turlari bor.
O‘zbekistonda bezgak chivinining 7 xil turi mavjud. Kasallik belgilarining qanchalik namoyon bo‘lishi parazitning inson organizmiga tushganda avvalo jigarda, so‘ng esa eritrotsitlarda rivojlanishi bilan bog‘liq. Jigar hujayralaridagi o‘zgarishlar odatda belgisiz bo‘ladi. Bezgakning uch kunlik va ovale turlarida yashirin davr uyqudagi parazitlar hisobiga 8-12 kungacha cho‘zilib ketishi mumkin.


Kasallikni yuqtirib olgan kishilar shifoxona sharoitida davolanadi. Ke­yinchalik uch yil davomida dispanser nazoratida kuzatiladi. Chunki kasallik qaytadan rivoj­lanishi ham mumkin. Bezgak kasalligini tarqatuvchi chivinlarga qarshi kurashish uning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Chivin chaqishidan himoya­lanish maqsadida yashash xonalarining deraza va eshiklariga to‘r pardalar tortish hamda chivinlarni haydash maqsadida tanaga turli surtmalar surtish lozim.

Bezgak chivinlari daryo sohillari, botqoqlashgan suv havzasi, sholipoyalar, axlat chiqindilari to‘lib ketgan, turg‘un suvli yoki oqimi sekin ariqlar, suv quvurlarining ishdan chiqishi natijasida, vaqtincha vujudga keladigan suv havzalarida ko‘payadi.
Bezgak faqatgina bezgak chivinlari mavjud joylarda tarqaladi. Buning uchun eshik va derazalarni himoya to‘rlari (doka, temir yoki polietilen setka) bilan qoplash, hasharotlardan himoya qiluvchi to‘r (pashshaxona) o‘rnatish lozim. Bundan tashqari, maxsus elektrik moslamalar yoki fizik qurilmalar yordamida chivinlarni qo‘rqituvchi spiral va plastinalarni qo‘llash mumkin.

Z.RO‘ZMETOVA,

Xorazm viloyat SEO va JSX boshqarmasi

Yana o‘qing:  Soch to‘kilishini to‘xtatish sirlari

entomolog vrachi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: