Bola tishlarini kariyesdan qanday himoya qilish mumkin?

Kariyes xastaligining kelib chiqishiga nimalar sabab bo‘ladi? Tishlarni bu kasallikdan qanday himoyalash mumkin? Bir martalik plombolar qancha vaqtgacha xizmat qiladi?
SSV Matbuot xizmatining shu kabi savollariga oliy toifali stomatolog-shifokor ­Miravzal Irxanov javob berdi.

– Bolalarda ko‘p uchraydigan kariyes kasalligi va uning kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot bersangiz.


– Ovqat qoldiqlari chaynov yuzasi yoki tish bo‘yin qismlarida yig‘ilib qolib, og‘iz yuvilganida ular tishning tabiiy chuqurchalarida qolib ketadi. Ma’lum vaqt o‘tib esa tish emalini chiritadi, bu kariyesning bosh­lanishidir. Ota-ona bolaning tish yuvishini o‘z nazoratiga olishi lozim.

– Tish yuzasiga kumush bilan ishlov berish kariyesdan himoya qila oladimi?


– Sut tishlarida erta boshlangan kariyesni davolashda kumushlash amaliyoti keng qo‘llaniladi. Ma’lum foizdagi kumush eritmasi tish yuzasiga surtiladi va bu kariyesning to‘xtashiga xizmat qiladi. Ammo kumushlashdan so‘ng tish emali biroz qorayib qolishi mumkin. Kariyes aniqlangach, bola har olti oyda bir marta stomatolog ko‘rigidan o‘tib turishi kerak. Agar tish kariyesi kattalashib borsa, qo‘shimcha ravishda kumush nitrati surtiladi.

– Bir martalik plomba necha yil xizmat qilishi mumkin?


– Bola sut tishlariga qo‘yiladigan plombalarning bir nechta turi bor. Tish nervi olinganidan so‘ng qo‘yiladigan plomba tish ildiz kanalining doimiy tishga almashguniga qadar xizmat qiladi.
Tish toj qismiga qo‘yiladigan plomba ovqatlanish paytida halaqit bermaydi va doimiy tishlar almashguniga qadar yetib beradi. Agar plomba yaxshi turgan bo‘lsa, uni almashtirish talab etilmaydi. Plomba tushib qolmaguncha undan foydalanib yuraversa bo‘ladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati

Yana o‘qing:  O‘SMIRLIK DANGASALIK...MI?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: