Jajjivoy nima uchun yig‘laydi?

Endigina yoshiga to‘lgan kichkintoyning tili yaxshi chiqmaganligi, so‘zlarni to‘liq, aniq talaffuz qilolmasligi bois nimani xohlayotganini tushunolmaysiz. Ammo bola yig‘isining sababini bilishga va uni tinch­lantirishga harakat qiling. Farzandingizning uzoq yig‘lashiga, ayniqsa, yolg‘iz qolganda yig‘lashiga aslo yo‘l qo‘ymang.


Bu yoshda bolada o‘ziga notanish bo‘lgan buyumlardan, holatlardan qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi. Deylik, changyutgich, soch quritgich shovqinidan, bosh yuvishdan cho‘chiydi. Kiyim almashtirishga uncha hushi bo‘lmaydi. Iloji boricha bolani uni qo‘rqitadigan tovushlardan asrang, toki go‘dagingizda qo‘rquv hissi paydo bo‘lmasin.


Bolada kun sayin yangi odatlar paydo bo‘ladi. Uyg‘onganida, har doim qarshisida onasini ko‘rishga o‘rganib qolgan bo‘lishi mumkin. Bordi-yu, oldiga boshqa odam kelsa, u chinqirib yig‘laydi. Agar bolaga issiq emas, sovuq sut aralashmasini bersangiz ham, u yig‘laydi. Farzandingizning odatlarini bilishga harakat qiling. Yoqmagani uchun emas, u buni kutmagani uchun yig‘laydi. Bolada yot holatlar bilan birinchi tanishuv yig‘isiga sabab bo‘lishi mumkin. Yangiliklarga asta-sekinlik bilan o‘rgating.


Siz bolangizning xonasidan chiqib ketdingiz yoki zaruriyat yuzasidan uni notanish kishiga qoldirdingiz. U o‘z noroziligini yig‘i bilan ifodalaydi. Noroziligining mohiyatini tushunib, uni bartaraf qilishga urining.


Bolalarda nochorlikdan yig‘lash, odatda, bir yoshga yetganda qoladi. Uning o‘rnini jahl bilan yig‘lash kayfiyati egallaydi. Muzlatgich eshigini behudaga ochib-yopayotgan bolangizga: «Tegma!» deya tanbeh berasiz. Qo‘li yetadigan buyumlarni tortib olavergani yoki idishlardagi narsalarni to‘kib, sochavergani uchun koyiysiz. Bunday holatda ham bola yer tepib yo xarxasha qilib yig‘laydi. Siz sabr bilan unga o‘z tilida nima yaxshi-yu nima yomonligini uqtirib borishga harakat qiling.

Zuhra ERGASHEVA tayyorladi

Yana o‘qing:  Murchning foydali to‘qqiz xususiyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: