O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini qanday olamiz?

Yoz – pishiqchilik, to‘kinlik fasli. Bozorlarda sotilayotgan turli xil ho‘l mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar inson organizmi uchun foydali bo‘lib, kerakli vitaminlar bilan ta’minlaydi, kuch-quvvat, salomatlik baxsh etadi, dasturxonimiz ko‘rkini ochadi. Ammo ushbu mahsulotlarni iste’mol qilishda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinmasa, o‘tkir yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan xastalanishga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda tayyorlanib, bozorlarda, shox ko‘chalar bo‘yida va aholi gavjum joylarda sotilayotgan chanqovbosdi ichimliklarni ichish ham kishida turli xil o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari bilan xastalanish havfini tug‘diradi. Sababi, bu kasallik qo‘zg‘atuvchilari, ya’ni mikroblar yuvilmagan ho‘l mevalar, sabzavotlarda, ifloslangan oziq-ovqatlar mahsulotlarida, ariq va anhor suvlarida ko‘p­lab uchraydi. Hovli va ko‘chalardagi, bozorlardagi chiqindixonalardan kundalik yig‘iladigan chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi ta’minlanmasa, kasallik qo‘zg‘atuvchilari hamda ularni tashuvchi bo‘lmish pashshalar ko‘payishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi va kasallik qo‘zg‘atuvchilari aholi yashash joylarida pashshalar yordamida tez tarqaladi.


O‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga dezinteriya, qorin tifi, paratiflar, salmonellez va boshqalar kiradi. Bu kasallik mikroblari bilan ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari, qaynatilmagan ariq suvi orqali sog‘ kishiga yuqishi mumkin.


O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarini tarqatuvchi manba, ichak kasalliklari bilan kasal bo‘lgan bemorlar yoki batsilla tashuvchilaridir. Ular siydik, najas bilan atrofga ko‘p­lab yuqumli ichak kasalliklari mikroblarini ajratadilar.
Kasalliklarning yuqishiga ifloslangan qo‘l, ovqat va meva sabzavotlar, suv, pashshalar sabab bo‘ldi.
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining belgilari quyidagilardir:
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari bilan kasallanganlarda badan zirqiraydi, darmon quriydi, ishtaha yo‘qoladi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, bosh og‘riydi, tana harorati ko‘tariladi, ayrim hollarda qayt qilish va tez-tez ich ketishi kuzatiladi.


Shuning uchun, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari bilan kasallanmay desangiz quyidagi sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iyan rioya qilishni unutmang:


– shaxsiy gigiyena qoidalariga puxta rioya qilgan holda ovqatlanishdan oldin albatta qo‘llarni sovunlab yuvish lozim. Ho‘l meva va sabzavotlarni hamda ko‘katlarni vodoprovod suvida yuvib tste’mol qilish kerak;
– noma’lum shaxslar tomonidan sanitariya talablariga rioya qilmasdan tayyorlab bozorlarda, ko‘chalar bo‘yida va aholi gavjum to‘planadigan joylarda noqonuniy ravishda sotilayotgan oziq-ovqatlarni, turli xildagi chanqovbosdi ichimliklarni iste’mol qilmang;
– maxsus cho‘milish uchun ajratilmagan joylarda, ya’ni ko‘lmak suvlarda va favvoralarda cho‘milmang;
– uyda, ko‘chada, jamoat joylarida hamda bozorlarda tozalikka va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling, chiqindixonalardan yig‘ilgan kundalik chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishini ta’minlash;
– yuqumli kasalliklar tarqatuvchi hasharot va pashshalarga qarshi kurashish;
– kasallikning boshlang‘ich alomatlari, ya’ni holsizlanish, qorin sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, ich ketishi va tana haroratining ko‘tarilishi paydo bo‘lganda zudlik bilan shifokorga murojat qiling.
Ushbu aytib o‘tilgan sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish bilan Siz o‘zingizni va siz bilan muloqotda bo‘ladigan kishilarni o‘tkir yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari bilan kasallanishdan saqlagan bo‘lasiz.

Gulbahor ZUBAYDULLAYEVA,

Yana o‘qing:  Nega aqliy qobiliyat IQ bilan o'lchanadi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi epidemiologiya bo‘limi mudiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: