Kulgu shifoxonasida (2013/52)
– Qizim, baliqlarga yem berdingmi?
– Yo‘q, lekin men ularni Yangi yil bilan tabriklab qo‘ydim…
* * *
31 dekabr kuni, kechki payt o‘g‘il onasiga yaqinlashib, qulog‘iga pichirladi:
– Oyijon, keling soat 12 ga yarim soat qolganda, Yangi yil, Yangi yil, deb baqiramiz.
– Nega o‘g‘lim?
– Qo‘shnilarimiz, biznikiga Yangi yil hammadan oldin kelibdi, deb o‘ylashlari uchun…
* * *
Yangi yil bayramiga kelgan mehmonlarning mehmondorchiligi cho‘zilib ketibdi. Mezbon nima qilishini bilmay turganida telefon jiringlab qolibdi. Telefon go‘shagini qo‘liga olibdi-yu, miyasiga bir fikr kelibdi… Mehmonlarning oldiga qaytib kelib baqira ketibdi: Voy-dod, o‘t ketibdi, yong‘in! Hamma:
– Kimnikida yong‘in bo‘libdi?
– Qay biringiznikidadir, men aniq eshitolmadim…