Go‘daklar tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelishining asosiy sabablari nimada?

Tug‘ma yurak nuqsonlari yoki umuman tug‘ma anomaliyalarning rivojlanishiga, asosan, oltita faktor ta’sir qiladi:


– homilador ayollardagi anemiya;
– ayolning surunkali yoki o‘tkir infeksiyali kasalligi;
– virusli kasalliklar;
– garmonal faktor;
– neyrogumoral faktor;
– yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh.
Kamqonlik, homiladorlikning dastlabki uch oyligida ayolning grippga chalinishi va bunga qarshi davolanmasligi, qolaversa, buyrak va boshqa a’zolardagi surunkali xastaliklar, onada uchraydigan turli infeksiyalar va virusli kasalliklar homilaning sog‘lom rivojlanishiga imkon bermaydi.
Natijada bolada tug‘ma nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu muammoning oldini olish uchun homiladorlikni rejalashtirishdan oldin bo‘lajak ota-ona tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, kasallik aniqlansa, davolanishi lozim.
Buning eng samarali yo‘li homilador ayollarni skrining ko‘rigiga o‘z vaqtida jalb etishdir. Bugun mamlakatimizda ona-bola skrining xizmati rivojlanib boryapti. Qolaversa, tug‘uruq majmualarida har bir chaqaloq chuqur ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bolada tug‘ma nuqson bo‘lsa, shu yerning o‘zida aniqlash imkoni mavjud.
Tug‘ma yurak nuqsonlarining turlari juda ko‘p. Shu bois davolash ishlari kasallikning turiga qarab belgilanadi. Deylik, ochiq arterial protok – shunday turlardan biri.
Bola olti oylik bo‘lgunicha organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar tufayli bu tug‘ma yurak nuqson turi kichik hajmda bo‘lsa, o‘z-o‘zidan yopilib ketish imkoni bo‘ladi.
Qisqasi, har bir kasallikni davolashning o‘z standartlari bor. Davolash ishlarini shu asosda tashkil etish uchun bemor doimo shifokor kuzatuvida bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, tez-tez shamollab, tuzalishi cho‘zilayotgan yoki pnevmoniyaga chalinadigan bemor bolalarni ham kardiolog chuqur tekshirishi kerak. Ota-ona bunga e’tiborsizlik qilib, bolaga o‘z bilganicha dori ichirishi mumkin emas.
Bunday holatlarning oldini olish uchun bolalar tarbiyasi va sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lish, tez-tez shamollaydigan, injiq, nimjon bolalarni alohida kuzatuvga olishi maqsadga muvofiq. Shunda tug‘ma yurak nuqsonli bemor bolalarni o‘z vaqtida aniqlab sog‘lomlashtirishga erishish mumkin.

Shuni unutmaslik kerakki, tug‘ma yurak nuqsoni bilan xastalangan bolani parvarishlashda to‘g‘ri ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish barobarida, oilada tozalik va gigiyena qoidalariga ham to‘la rioya etilishi kerak.
Aks holda, bolada surunkali infeksiyali jarayonlar yuzaga kelib, boshqa kasalliklarni ham paydo qilishi, bemorning ahvolini yanada og‘irlashtirishi mumkin.

Yana bir muhim holat, tug‘ma anomaliyalar, ya’ni tug‘ma yurak nuqsoni va markaziy nerv sistemasi, oshqozon-ichak tizimi va boshqa a’zo-sistemalarning tug‘ma anomaliyasi birgalikda kelishi holatlarida davolash taktikasini belgilash juda ham qiyin hisoblanadi. Bunday holatlarda bola hayoti uchun xavf tug‘dirayotgan holat birinchi bo‘lib davolanishi kerak.

Yana o‘qing:  DYUSHYeNN VA ERB FALAJI QANDAY XASTALIK?

Hakimjon ABROLOV,

tibbiyot fanlari doktori,

professor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: