Bosh aylanyaptimi?

Bosh aylanishi ichki quloq kasalligi natijasida vestibulyar (muvozanatli) tizimi buzilishining o‘ziga xos alomati hisoblanadi (Menyer kasalligi, otit, shish o‘simta va hokazo). Bundan tashqari, ichki uyqu va umurtqa arteriyalari stenozi va patologik bukilishlari, umurtqa bo‘yin bo‘limi osteoxondrozi, bir qancha nevrologik kasalliklar, gipoglikemiya alomatlari bo‘lishi, yurak maromi buzilishi, gipertonik kasallik va boshqa yuzdan ortiq kasalliklarda ham uchrashi mumkin.

Ichki quloq yallig‘lanishida (otit) avvaliga eshitish pasayadi, keyin yurganda chayqalib, bosh aylanishi paydo bo‘ladi, quloqda shovqin bo‘lishi mumkin.
Eshitish nervi o‘smasida (nevrinoma) bosh aylanishi xuruji, eshitishning pasayishi, quloqning shang‘illashi tufayli yuzaga keladi va asta-sekin tezlashib va kuchayib boradi.

Menyer kasalligida bosh aylanishi xuruji juda aniq ko‘rinib turadi, soatlab davom etishi va shunchalik kuchli bo‘lishi mumkinki, kishi karavotga mixlanib qoladi, uzluksiz ko‘ngil aynishi va qayt qilaverish uni behol qilib tashlaydi. O‘tkir xuruj vaqtida bemor ko‘z olmalari galma-galdan harakat qilishini ko‘rish mumkin (bu holat «nistagm» deyiladi). Kasallik kuchayib borishi barobarida vaqtida muolaja qilinmasa, eshituv qobiliyati ishdan chiqib, butunlay karlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Umurtqaning bo‘yin bo‘limi osteoxondrozida gavdaning muayyan holatida bosh aylanishi sodir bo‘ladi:

– boshni bir tomonga burganda;
– ertalab to‘shakdan turganda;
– boshni orqaga irg‘aganda;
– boshni uzoq vaqt bir tomonga yoki oldinga egib turganda. Bunday alomatlarga umurtqa arteriyasini bo‘yin bo‘g‘imlari qisishi (arteriya «egilishi») yoki spazm sabab bo‘ladi, umurtqa arteriyasi muvozanatga mas’ul bosh miyaning bo‘limlarini qon bilan ta’minlab turadi.

Agar sizni bosh aylanishi bezovta qilsa:


• mehnatga qobiliyat yo‘qoladi;
• muttasil takrorlanib turadi yoki bir necha kun davom etadi;
• siz quloqdagi o‘zgarishlar va ko‘zning g‘alati harakatlarini ko‘rib qolsangiz (nistagm) darhol shifokorga, yaxshisi vestibulyar kasalliklari muammosi bilan maxsus shug‘ullanib kelayotgan mutaxassis (nevropatolog yoki otonevrolog)ga murojaat qiling.

Bosh aylanishi kuchli xuruj qilganda, ayniqsa, ko‘ngil aynib, qussangiz, darhol «tez yordam» chaqiring.


Vestibulyar apparati kasalligiga gumon qilinganda zamonaviy apparatlar majmuasi bilan jihozlangan, ixtisoslashtirilgan otonevrologik markazlardagi tekshiruvlar hammasidan samaraliroq bo‘ladi. Shifokor faol vestibulyar testlar, quloq eshitishini tekshirish (audiometriya), umurtqaning bo‘yin bo‘limi rentgenografiyasi, bosh miya kompyuter yoki ohanrabo-rezonans tomografiyasi, bosh va bo‘yin tomirlarini ultratovush tekshiruv va hokazo tekshiruvlarga tavsiya qilishi mumkin.
Boshi aylanadigan bemorlarni davolash bosh aylanishiga sabab bo‘lgan kasallik xususiyatiga bog‘liq. Muolajada turli dorilardan foydalaniladi. Ichki quloq kasalliklarida mutaxassislar odatda ichki quloq mikroaylanishi va qon bilan ta’minlanishini yaxshilovchi, ko‘ngil aynish markazi ta’sirchanligini pasaytiruvchi dorilar va tinchlantiruvchi vositalarni tayinlaydi. Ayrim kasalliklarda muolajaning jarrohlik usullari ko‘rsatilgan.
Farmokologik vositalarni shifokor maslahati va uning nazorati ostida qo‘llash lozim.
Jarrohlik muolajasiga eshitish nervi o‘smasi (nevrinoma), menyer kasalligini dori bilan davolashning barqaror samarasi yo‘qligi sabab bo‘ladi. So‘nggi vaqtda Menyer kasalligini davolash uchun jarrohlik amaliyo­ti bilan birga, kimyoviy labirinektomiya­dan foydalana boshladilar. Bemorning quloq bo‘shlig‘iga maxsus dori kiritiladi, ular bosh aylanishining yo‘qolib, sog‘ayib ketishiga olib keladi.

Bemorni qattiq bosh aylanishi xuruji tutganida shunday yotqizish kerakki, boshi, bo‘yni va yelkasi yostiqda bo‘lsin, chunki bu holatda umurtqa arteriyalari bukilmaydi. Bosh bir tomonga burilib qolmasin, derazani ochib, xonani shamollatish, peshonasiga sovuq latta bosish kerak, uni sirka bilan ozroq ho‘llasa ham bo‘ladi.

Bosim va haroratini o‘lchab, uni o‘ziga keltirish choralarini ko‘rish kerak, yurak urishi chastotasi daqiqasiga 100 marta ursa yoki yurak notekis ursa, shuningdek, bosh aylanishiga ko‘ngil aynishi va qayt qilish qo‘shilsa, albatta «tez yordam» chaqirish zarur.
Bosh aylanganda gipotoniya tufayli kunda 1 stakan anor suvi ichish kerak. Agar bu bosh miya tomirlari sklerozi oqibati bo‘lsa va bundan tashqari boshda shovqin bo‘lsa, quyidagi vosita tavsiya etiladi: 2 oshqoshiq chetan po‘stlog‘i 2 soat past olovda 500 ml suvda qaynatiladi. Kunda 3-4 mahal 1 oshqoshiqdan ichiladi.
Vestibulyar apparatini mustahkamlash usuli: bir necha metr to‘g‘ri chiziq tortib, undan yuriladi, ayni vaqtda boshni o‘ngga, chapga burib, chiziqdan chiqib ketmaslikka harakat qilinadi. Kunda 5-10 daqiqadan mashq qilinadi. Bu bosh og‘rig‘ini qoldirib, asabni tinch­lantiradi.

Boshi aylanadigan odamlar uchun tik tepalikka ko‘tarilganda va chidab bo‘lmas uzoq sayohatlarda bajariladigan mashq: gavda g‘oz tutib turiladi, oyoqlar bir joyda bo‘ladi, bosh goh u, goh bu tomonga buriladi, sur’at tobora tezlashib boradi. Avvaliga mashq 5-10 soniyadan bajariladi, keyin bu mashq bir necha kun davom ettiriladi va sur’at oshiriladi. Yosh va o‘rta yoshdagi, deyarli sog‘lom, tomir kasalliklari va bo‘yin-ko‘krak bo‘limidagi umurtqa patalogiyasidan aziyat chekmaydigan odamlar uchun tavsiya etiladi.

Yoqub NAMATOV,

Yana o‘qing:  Endi tishlarni plombasiz davolash mumkin

shifokor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: