Qish

Qish kelsa kelaversin,

Qilichini ko‘tarib.

Yo‘lin to‘sib chiqaman,

Mag‘rurlikdan yo‘talib.

Palto, qo‘lqop, telpagim

Zo‘r niqob-da, tengi yo‘q.

Hanuzgacha maykamning,

Bilasizmi yengi yo‘q.

Oyog‘imda jun paypoq,

Buncha og‘ir etikcham.

Quloqlarin “ding” qilib,

Hayron boqar xo‘tikcham.

Zo‘rg‘a yurib yo‘lakda,

Oppoq qorni bosaman.

Sirg‘alib shod yiqilmay,

Maydonchaga shoshaman.

Ana, o‘yin – “qorbo‘ron”,

Zavqqa to‘lib otaman,

To‘shayotib do‘nglikdan,

Yana qorga botaman.

Ochqamasa shu qorin,

Kuzatmasdi tor ko‘cha,

Derazamga gul solib,

Qish qutlaydi har kecha.

Vali AHMADJON

Yana o‘qing:  Kutubxona – ziyo maskani

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: