Olimlar xulosasi: tunda chiroqni yoqib uxlash qandli diabet va yurak kasalliklariga sabab bo‘ladi

Bundan 23 yil avval AQSH olimlari yorug‘ joyda uxlash ko‘rish qobiliyati pasayishiga sabab bo‘lishini aniqlagan. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijasida esa bunga doir yanada xavotirli oqibatlar ma’lum bo‘ldi.

Qo‘shma Shtatlarning Shimoli-g‘arbiy universiteti qoshidagi tibbiyot maktabi olimlari maxsus o‘rganishlar natijasida har qanday yorug‘lik muhitida uxlash metabolik sindrom, ya’ni qandli diabet, yurak kasalliklari va erta o‘lim xavfini oshiradi, degan xulosaga keldilar.

Jarayon ishtirokchilari yorug‘, o‘rtacha yorug‘ va nimqorong‘u xonalarga joylashtirildi. Ular ana shunday sharoitda tungi uyquga ketdilar. Tadqiqotchilar esa organizmdagi o‘zgarishlarni kuzatib borishdi.
Tong otgach, yorug‘ xonada uxlaganlar qon tarkibi tekshirilganida, ularda glyukoza miqdori oshib, organizmda me’yoridan ortiq insulin ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.

Mutaxassislar fikricha, agar bunday harakat davomli tus olsa, odamda bora-bora qandli diabet xastaligi rivojlanishi, ortiqcha vazn paydo bo‘lishi mumkin.
O‘rtacha yorug‘lik ta’sirida esa yurak urishi tezlashishi, yurak qisqarishi va qon aylanish me’yori buzilishi kabi holatlar qayd etildi.
Xo‘sh, tungi uyqu uchun eng maqbul muhit qanday bo‘lishi kerak?
Olimlarning ta’kidlashicha, tunda, albatta, chiroqlarni o‘chirib uxlash lozim. Agar bunga ko‘nikish imkonsiz bo‘lsa, tunchiroqni polga yaqinroq joylashtirish tavsiya etiladi.
Qolaversa, ushbu jarayonda ranglarning ham ahamiyati katta. Qizg‘ish va to‘q sariq chiroqlar miyaga u qadar bosim o‘tkazmaydi. Oq yoki ko‘k rangli yoritkichlardan foydalanmaslik zarur. Elektron qurilmalar ekranlaridan taralayotgan yog‘du ham uyqu mahali salomatlikka ziyon yetkazadi.

Xona ichiga ko‘cha yoritkichlari nuri tushmasligiga ham e’tibor qaratish darkor. Bunday sharoit­da qora pardalar yoki maxsus ko‘z niqoblarini qo‘llash foyda beradi.

Cog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati

Yana o‘qing:  Ko‘z sog‘lom, nigoh ravshan bo‘lishi uchun 8 maslahat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: