Yurt bayrog‘ini baland ko‘tarib…

Odatda har bir inson Yangi yil ostonasida turib, o‘tib borayotgan yilda qanday muvaffaqiyatlarga erishgani va erisha olmaganlarini o‘zicha sarhisob qiladi.

2013 yil o‘zbekistonlik sportchilar uchun, ayniqsa, men uchun juda omadli bo‘ldi.

Joriy yilda uch nufuzli musobaqa – Osiyo chempionati, Jahon universiadasi va jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. Bu yoshlarning kamoloti, baxtu saodati uchun hech narsani ayamayotgan Vatanimdan ko‘rgan va ko‘rayotgan g‘amxo‘rlikka javobimdir.

Bu yilgi muvaffaqiyatlarim orasida eng muhim va unutilmas voqea Yurtboshimiz qo‘lidan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonini qabul qilib olganim bo‘ldi.

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida yaqinlarimning, yurtdoshlarimizning ko‘zlarida va so‘zlarida menga bo‘lgan ishonchni his qildim va bu ishonch menga jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritishimga yordam berdi.

Farzand uchun eng katta orzu bu ota-onasining ko‘zlaridagi faxrni ko‘rish, Vatanining yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shishdan iborat, deb hisoblayman. Yaqinlarim va yurtdoshlarimizning “otangga balli, azamat”, “yashavor polvon”, degan xitoblarini eshitganimda ko‘nglim tog‘dek ko‘tariladi. Va Yurtboshimizning “Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo‘lmaymiz ham” degan so‘zlarini yana bir bora baralla aytaman.

Zero, erishgan muvaffaqiyatlarimning zamirida, shubhasiz, hukumatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yotadi.

Men kelayotgan yilda ham sportchilarimiz qo‘lga kiritadigan yutuqlarga, mamlakatimizning jahon miqyosida obro‘-e’tiborining yuksalishiga o‘z g‘alabalarim bilan munosib hissa qo‘shishga qat’iy bel bog‘laganman.

Kirib kelayotgan 2014 yil O‘zbekistonimiz uchun tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz uchun farovonlik, biz sportchilar uchun zafarlar yili bo‘lsin!

Ruslan Nuriddinov,

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi

Yana o‘qing:  Kut yaxshilikka yaxshilik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: