O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarni autsorsing qilish

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon Banki bilan hamkorligida “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarni autsorsing qilish (BPO)” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Raqamli rivojlanish O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qabul qilish va 2022–2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida raqamlashtirishga e’tibor qaratishdan iborat.


O‘zbekiston hukumati raqamli ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda O‘zbekistonda raqamli ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarning salohiyatini oshirish uchun IT va biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) hamda bilim jarayonlari autsorsingi (KPO) xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar olib bormoqda.

Mutaxassislar va xalqaro ekspertlar ishtirok etgan ushbu tadbirda raqamli rivojlanishning bugungi holati va istiqbollari, baholash usullari hamda O‘zbekistonni raqamli rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Maryam AHMEDOVA,
Amal SOLIYEVA

Yana o‘qing:  Savol bering, javob beramiz (2013-31)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: