Go‘zal va maftunkor bo‘lish sirlari
– Erta tongdan yuzingiz tiniq bo‘lishini istasangiz, suvga yarimta limon sharbatini soling va shu suv bilan yuzingizni arting. Ko‘z ostiga besh daqiqaga o‘simlik moyi surib qo‘ying. Keyin oddiy suv bilan yuving.
– Ko‘zlaringiz shishgan bo‘lsa qaynatib olingan suvdan tomizing va besh daqiqaga ko‘z atroflariga qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshka qo‘ying.
– Qipiqlanuvchi teri uchun niqob. Ertalab olmani qirg‘ichdan o‘tkazing. Sharbatini olib, bo‘tqasini esa yuzingizga surting.
– Har kuni ertalab bir stakan sutni bir bo‘lak oq non bilan iching. Uyqudan oldin o‘simlik moyi va smetanadan tayyorlangan niqobni o‘n daqiqaga yuzingizga surting.
– Oyoqlaringiz charchasa, tog‘oraga sovuq suv soling va o‘n daqiqa davomida oyoqlaringizni botiring. Darhol o‘ringa yotib, oyoqlaringizni yuqoriga ko‘taring.
– Quyosh urishiga qarshi har kuni 200 gr. qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi yeb turing. Tongda sabzi sharbati bilan yuzingizni arting.
– Ajinga qarshi krem. 100 gr sariyog‘, 2 choy qoshiq asal va 2 osh qoshiq smetana aralashtiriladi. Ertalabki va kechki yuvinishdan so‘ng o‘n daqiqa davomida krem yuzga suriladi va sutga botirilgan paxta bilan artib olinadi.
– Lablaringiz olcha rangida bo‘lishini istasangiz oddiy xinoni issiq suv bilan aralashtiring va massani bir tekisda labga suring. Yigirma daqiqadan so‘ng sovuq suvda yuvib tashlang.
– Ko‘zlar chaqnab turishi uchun har tong ko‘z gimnastikasi mashqlarini bajaring. Avval o‘ngga keyin chapga qarang. Ko‘zingizni soat yo‘nalishi bo‘yicha aylantiring, uzoqdan yaqindagi buyumlarga tikilib qarang. So‘ng qaynab ilitilgan suv bilan chaying.
– Sochlaringiz sog‘lom nur sochishini istasangiz, har kuni egilib (boshingiz yuragingizdan pastda bo‘lishi kerak) sochingizni pastga qarab kamida 50 marta tarashingiz lozim. Sochni yuvib bo‘lgandan so‘ng uni sirka aralashmasi bilan chaying. ( 1 litr suvga 1 choy qoshiq aralashtirilgan sirka).
– Sepkilga qarshi niqob. Ikki dona vodorod perokid tabletkasi bir stakan suvda eritiladi. Unga kraxmal qo‘shib smetana holatiga kelguncha aralashtiriladi. Tozalangan yuzga o‘n daqiqa davomida suriladi va sovuq suvda yuviladi.
– So‘lg‘in terilar uchun niqob. Bir dona bodring va uch dona rediska qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Unga 1 qoshiqcha asal aralashtiring va ko‘z atroflarini qoldirib, yuzga surting.
– Qoshlaringiz qalin bo‘lishi uchun har tongda ularni kastor yog‘iga botirilgan tish cho‘tkasi bilan tarang. Qosh terishdan oldin qovoqlarni muz bo‘laklari bilan artib oling.
– Kipriklaringiz qalin bo‘lishi uchun haftada bir marta ularga kastor yog‘ini surishingiz mumkin. Kipriklar siyraklashib qolishini istamasangiz makiyaj bilan uxlashga bormang!
– Sellyulit yo‘qoladi! Agar muammoli joyga haftada bir-ikki marta yigirma daqiqa davomida oddiy xantal (gorchichnik) quyilsa.
– Darmondoriga boy kokteyl. 1 dona limon, 2 ta olma, 2 ta bodring, 2 ta sabzini go‘sht qiymalagichdan chiqaring va yarim stakan qaynab sovitilgan suv bilan aralashtiring. Aralashmani dokadan o‘tkazib, har tong iching.
– Vitaminli niqob. 1 bog‘ shivit, 2 dona rediska, 1 dona olma, 1 dona limon, 2 choy qoshiq asal. Bu mahsulotlarni go‘sht qiymalagichdan o‘tkazib, asal bilan aralashtiring va har kuni 15 daqiqaga yuzingizga niqob qiling.
– Qo‘llaringiz yumshoq va mayin bo‘lishini xohlasangiz har kuni ularni o‘simlik moyi va tuxum oqi aralashmasi bilan uqalang.
– Tirnoqlarga har kuni sutli vanna qilsangiz sinmaydi va mustahkam bo‘ladi. Sutni 40 darajagacha ilitib, tirnoqlaringizni 15 daqiqa davomida botiring.
– Varikozdan saqlanish uchun haftada bir o‘simlik moyi va qizil qalampir aralashmasi bilan oyoqlarni uqalang.
Mahfuza QUVONDIQOVA tayyorladi