Allergiyani davolashning samarali yo‘li bu…

Allergen spetsifik immunoterapiya (ASIT) bu organizmga allergenning ko‘payib boradigan dozalarini kiritish orqali allergik reaksiya belgilarini kamaytirishni yoki uzoq vaqtgacha yo‘qotishga erishiladigan patogenetik davo usulidir. ASIT natijasida, bemor organizmida «dushman» allergenga nisbatan tolerantlik (chidamlilik) sun’iy rivojlantiriladi. Bemor organizmi allergenga chidamli bo‘lgach o‘z o‘zidan allergiya belgilari ham kamayadi.

Qachon ASITni qo‘llab bo‘lmaydi?


ASIT orqali davolanishni boshlashdan oldin bemorda allergik belgilar bo‘lmasligi kerak. Immunitet tanqisligi sind­romlarida, onkologik kasal bemorlarda, yurak-qon tomir kasalliklari o‘tkir davrida, homiladorlik va emizakli davr­da, bronxial astmaning zo‘raygan paytida, yoshi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ASIT o‘tkazish mumkin emas.

ASITning qanday usullari bor?


Immunoterapiyada allergen eritmasini teri ostiga in’yeksion yuborish yoki til ostiga tomizish (tabletka bo‘lsa shimdirish) mumkin.
Davolashning o‘zi ikki bosqichga bo‘linadi: asosiy terapiya va ushlab turuvchi terapiya. Asosiy kurs davomida bemorga allergenning dozasi asta-sekinlik bilan, sxema bo‘yicha maksimal darajagacha ko‘tariladi, bunda bemorda jiddiy tizimli yoki yondosh nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelmaydi. Kurs davomiyligini shifokor – allergolog belgilaydi. Sababi, allergen dozasining miqdori va davolash davomiyligi har bir bemor uchun individualdir.
Asosiy va ushlab turuvchi terapiyaning umumiy vaqti 2-3 yilni tashkil etadi. Davolanayotgan bemorlar, odatda, birinchi yilning o‘zidayoq davo samarasini sezadilar. To‘liq davolanish kursidan so‘ng, odatda, o‘rtacha 7 yil davomida allergik kasallik remissiyaga (uyquga) tushadi. Besh foiz hollarda remissiya umr bo‘yi davom etib, bemor batamom allergiyadan qutuladi.

ASIT usuli mamlakatimizda ham amalga oshiriladi. Tajribali mutaxassis nazoratida va oxirigacha olib borilgan ASIT samaradorligi 70-90 foizga yetishi mumkin. Davolash effekti birinchi yilning o‘zidayoq seziladi. Samara bermadi deydigan bemorlarning asosiy ayblaridan biri, bu davolash kursining davomiyligi oxirigacha bormasligi va bemorning allergolog tavsiyalariga amal qilmasligidir. Ko‘pchilik bemorlar ASIT o‘tgazgach birinchi yilning o‘zidayoq mo‘jiza kutishadi, natija o‘zi istagandek bo‘lmagach ASIT usulidan ko‘ngli qoladi va keyingi davolanish bosqichidan bosh tortishadi. Eng katta xato ham mana shu yerda. ASITni davom ettirish juda muhim, chunki bu holda allergenga nisbatan immunitetning tolerantligi asta sekinlik bilan oshib boradi va 2-3 yillik davolanishdan keyin allergiya belgilari bemorni umuman be­zovta qilmay qo‘yadi.

Allergolog-immonolog

Yana o‘qing:  Anemiya kasalligining alomatlari

Sherzod MUXTOROV tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: