Burun bitishi, aksirish, tungi uyqusizlik, bosh og‘rig‘i… Bularning barchasidan qutilishni xohlaysizmi?
«Sog‘ bo‘ling!»
Bu so‘zlarni aksirish, tumov, tomoqda qichishish va ko‘z yoshlanishi bilan namoyon bo‘luvchi allergiyaning biror ko‘rinishi bilan kasallangan kishilar ko‘p eshitishadi. Allergik rinit toza havo o‘rnini chiqindi gazlar egallayotgan rivojlangan sanoat davlatlarining zamonaviy muammosi. Rinit simptomlari shunchalik ta’sirchan va charchatuvchi bo‘lishi mumkinki, hatto ishga yo o‘qishga diqqat qilish qiyinlashib, hayot sifati yomonlashadi.
Allergik rinitning ikki turi mavjud:
– mavsumiy – alomatlar odatda yilning ma’lum vaqtlarida, kupincha bahorda, o‘simliklarning gullash davrida sodir bo‘ladi.
– mavsumiylik xos bo‘lmagan – allergiya simptomlari yil fasllariga qarab emas, doimiy namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha uni chang kanalari yoki hayvon epidermisi chaqiradi.
Qanday paydo bo‘ladi?
Allergenlar (nafas yo‘llarini ta’sirlovchi moddalar) burunga, tomoqqa, ko‘zga tushib, semiz hujayralarni aktivlashtiradi. Bu hujayralar yuqoridagi simptomlarni yuzaga chiqaruvchi gistamin moddasini ajratadi.
Allergen bo‘lishi mumkin bu…
…daraxtlar va o‘simliklar changi, chang kanalari, mog‘or, mushuk, it, ot yoki parranda, oziq-ovqat mahsulotlari (masalan, sut, yong‘oq, pomidor, tuxum). Afsuski, allergenni aniqlab bo‘lmaydigan holatlar ham uchrab turadi.
Nima alomatlarini yanada yaqqol namoyon qiladi?
Asosan turli xil kimyoviy moddalar, masalan, sigaret tutuni, bo‘yoqlar, laklar, kosmetika mahsulotlari. Ba’zan sabab hissiy stress, alkogol, sovuq va nam havo, konditsionerlar bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma allergik rinit bo‘lishi mumkinmi?
Ha, eng avvalo, ota-onasida atopiya bor bolalar, xuddi shunday muammoga duch kelishlari mumkin. Allergik reaksiyalar ko‘pincha bolalar uchun xos bo‘lsa-da, allergik rinit xohlagan yoshda uchrashi mumkin. Bu kasallik o‘z-o‘zidan xavfli emas, lekin davolanmasa, bronxial astma, burundagi poliplar, eshitishning buzilishi bilan bilan qo‘shilib kelishi mumkin.
Qanday davolash mumkin?
Kasallikni to‘liq tuzatishning iloji bo‘lmasa-da, zamonaviy tibbiyot kasallik simptomlarini yengillashtirib, hayot sifatini yaxshilovchi usullarni ishlab chiqqan.
O‘zingizga yordam bering! Sog‘lom, mo‘tadil ovqatlaning. Sport bilan shug‘ullaning. Shifokor tavsiya qilmagan bo‘lsa, burun uchun tomchilarni davomli ishlatmang. Ular kasallik simptomlarini kamaytiradi, lekin ko‘p ishlatsangiz, qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Allergiya chaqiruvchilaridan qoching! Sizni allergeningiz nimaligini bilsangiz, o‘sha bilan uchrashishdan qoching. O‘simliklar changlanish davrida, ko‘pincha yopiq binolarda qoling, ko‘zingizni sovuq suvda yuving. Chang kanalari manbai: to‘shamalar, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar, gilamchalar… Binoda hayvonlar bo‘lmasin. Chekmang va atrofdagilardan ham shuni iltimos qiling!
Simptomlar og‘ir yengillik darajasiga qarab shifokor dorilarni tavsiya qiladi. Bular retseptli va retseptsiz preparatlar bo‘lishi mumkin.
Allergolog-immonolog
Sherzod MUXTOROV tayyorladi