MUKAMMALLIK SARI O‘QI

Shayxontohur tumani 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Uchinchi renessansga kitob va marifat bilan» hamda «Mukammallik sari o‘qi» mavzularida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jurnalist Maryam Ahmedova inson ma’naviyati va tafakkurini rivojlantirishda kitobning roli va o‘rni, buyuklarimizning kitob va kitobxonlik haqidagi hikmatli so‘zlari hamda o‘quvchilar sevib mutolaa qiladigan badiiy adabiyotlar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tadbirda yoshlikdan kitobni sevib mutolaa qilgan va ko‘p yillardan buyon ta’lim sohasida o‘zbek tili fanidan dars berish bilan bir qatorda kutubxonada ham faoliyat yuritib kelayotgan Muqaddas Ne’matova o‘zining kitobga munosabati, uni sevish va ardoqlagani uchun bugungi kunda erishgan natijalari haqida hikoya qildi.
Tadbir taassurotlarga boy holda o‘tdi.

Sevara QURBONOVA

Yana o‘qing:  Uch avlod uchrashuvi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: