Buyuk inshootlar tarixini bilasizmi?

Dunyoda mavjud xalqlar, davlatlarning barchasi tarixda e’tiqod yo‘lida qurilgan buyuk inshootlari bilan tanilgan. Zero, e’tiqod odamzotning eng teran va go‘zal ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoji. U turli xalqlarni bir g‘oya atrofida birlashtirgan.

Alabatta, ko‘pgina tarixiy ibodatxonalar yovuz urushlar, bosqinlar davrida yakson etilgan, barbod bo‘lgan. Ammo o‘z davri odamlarining qalbidagi diniy ishonch qadar mustahkam qurilgan, yoki insoniyat tomonidan saqlab, asrab-avaylab kelinayotgan, necha yuz yillar o‘tgan bo‘lishiga qaramay o‘z mahobati va ulug‘vorligi bilan odamzotni hayratga solib kelayotgan mashhur inshootlar borki, ular bizga ota-bobolarimizning imon-e’tiqodi haqida so‘ylaydi. Keling, bugungi maqolamizda ana shunday mahobatli va buyuk  diniy ibodatxona bo‘lgan inshootlardan  ayrimlarining  tarixi  bilan tanishamiz.

“Masjidul-haram” – dunyodagi eng katta  masjidlardan biri

Tolibjon Nizomov,

jurnalist, islomshunos olim:

–Hijoz o‘lkasi (hozirga Saudiya Arabistoni)ning Makka shahrida joylashgan muqaddas va yirik masjid bo‘lib, unda qon to‘kish va boshqa barcha katta-kichik gunoh ishlarniqilish qat’iyan taqiqlanadi. Shu bois masjid shu nomni olgan – Masjid ul-harom. Masjid ul-haromning shu nom bilan atalishiga uning markazida Ka’baning bo‘lishi ham sabab bo‘lgan.

Masjidbir million bir yuz yigirma ming namozxonni sig‘dira oladi. Ka’ba eshigi 280 kg sof oltindan yasalgan. Masjid ul-haromning to‘qqizta minorasi (har birining balandligi 95 metr), to‘rtta asosiy darvozasi, qirq bitta eshigi bor. O‘n bitta yurarzinalar orqali masjidning ikkinchi va uchinchi qavatlariga chiqiladi. Masjidga 8 ming dona shamol-parrak, 55 ming dona turli chiroq o‘rnatilgan. Masjid hududi Baytulloh (Ka’ba) Zam-zam bulog‘i,Safo va Marva tepaliklarini o‘z ichiga oladi.

Ilk bor ikkinchi xalifa Umar ibn Xattot Ka’batulloh atrofidagi uylarni sotib olib, buzdirib, masjidni kengaytirgan. Ka’baga sahn qoldirib, atrofidan devor oldirgan. Shundan keyin u turli davrlarda bir necha bor ta’mirlanib, kengaytirildi.

Masjidul-harom o‘rtasida joylashgan 12x19x12 metrli kub shaklidagi qoramtir tosh bino “Ka’ba” deb ataladi. Qur’oni karim xabariga ko‘ra, uni ilk bor Ibrohim Alayhissalom  o‘g‘li Ismoil alayhissalom bilan tiklagan.So‘ng payg‘ambar “Hajarul-asvad” (qora tosh)o‘rnidan boshlab Ka’bani yetti bor aylanib tavof qilgan. Keyin yetti martadan Safo va Marva tog‘iga chiqqan, Arafot vodiysiga borgan.Bu birinchi haj ziyorati edi va u hozirgacha shu tartibda ado etilayapti.

Ayrim manbaalarda yozilishicha esa Ka’ba Ibrohim alayhissalomdan ham avval bo‘lgan. Uni farishtalar barpo etishgan. Nuh alayhissalom davrida to‘fon bo‘lishidan oldin Ka’bani farishtalar osmonga olib chiqib, to‘fondan keyin yana qayta Yer yuziga tushirilgan.

Ka’ba burchagida Hajar ul-asvad – qora tosh bor. Qora tosh dastlab oppoq bo‘lgan. Bu haqda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Hajarul asvad jannatdan keltirilgan. U qordan ham oq bo‘lgan. Uning qorayishiga shirk ahlining amallari sabab bo‘lgan”.

Ka’ba bunyod etilganidan buyon tabiiy ofat va turli to‘qnashuvlar sababli ko‘p marta vayron bo‘lib, qayta tiklangan.  Hijriy 72 yilda  podshoh  Hajjoj ibn Yusuf poydevoriga qadar eng so‘nggi jiddiy ta’mirlashni o‘tkazgan. Ka’baning hozirgi binosi Hajjoj barpo ettirgan o‘sha binodir.U XX asr o‘rtalarida Saudiya Arabistoni podshohi tomonidan qayta ta’mirlandi.

Yana o‘qing:  Agar ko‘zingizda katarakta boshlansa…

Ka’ba ustiga yopiladigan qora qalin mato “ka’bapo‘sh” deyilib, avvallari ustiga qizil, qibotiy, oq ipakdan po‘sh yopilgan. Hijriy oltinchi asrda abbosiy xalifa Nosir Lidinilloh qora po‘sh yopishni joriy qilgan. Ka’bapo‘sh 658 kvadrat metrli bir-biriga ulangan qirq sakkiz bo‘lak matodan iborat. Bu mato qora rangli 450 kg. Sof ipakdan tayyorlanadi. Islomda birinchi bo‘lib Rusululloh sollallohu alayhi vasallam, so‘ngra xalifalar o‘z zamonlarida mato yopishgan.1924 milodiy yildan keyin bu mas’uliyatli ishni podshoh Abdulaziz oli Saud o‘z zimmasiga olib, Makkai Mukarramada mato chiqarish uchun inshoot qurishga amr qildi. Birinchi mato 1346 hijriy yili to‘qib chiqarildi. Hozir Makkai Mukarramada yangi mato  fabrikasi ishlaydi.

“Hajarul-asvad”, ya’ni “Qora tosh” Ka’ba eshigining chap tomonidagi burchakka yelka barobarida joylashtirilgan. Hojilar uni tabarrukona o‘padilar, chunki uning jannatdan chiqqani to‘g‘risida rivoyat bor. Ka’bani tavof qilish “Hajarul-asvad” joylashgan burchakdan boshlanadi.

    “Avliyo Vasiliy cherkovi ertakdagi saroylarni eslatdi”

Zebo Turobova,

Moskva shahrida  oilasi bilan yashayotgan o‘zbekistonlik  pedagog:

–“Vasiliy sobori” nomi bilan mashhur bo‘lgan muqaddas ibodatxona Rossiya poytaxti Moskva shahrida joylashgan bo‘lib, pravoslav bosh cherkovi, muzey, Qizil maydonning asosiy diqqatga sazovor maskanlaridan biridir. Shu bilan birga,cherkov Rossiyaning taniqli ramzi ham hisoblanadi. Turli bukletlarda, xorij televideniyesida Rossiya haqida ko‘rsatuvlar efirga uzatilganida qurilish jihatdan noyob arxitektura yodgorligi hisoblangan ushbu muqaddas cherkov  tasviridan  albatta foydalaniladi. Tarixiy ibodotxona YUNYeSKO tomonidan qo‘riqlanadigan meros ob’yektlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda Moskvaga kelgan sayyohlar albatta ushbu  muzey – qadimiy ibodatxonani tomosha qilishga oshiqishadi.

Inshoot   1555-1561 yillarda Ivan Grozniyninng  Qozon xonligi ustidan qozonilgan g‘alabasi sharafiga qurilgan bo‘lib, 460 yillik davrni bosib o‘tgan bo‘lishiga qaramay, hamon vaqtning shiddati va qurilish texnikasi silsilalariga dosh berib kelmoqda. Qurilish inshooti o‘zining mahobatini saqlab kelmoqda. Uning me’mori sifatida  Postnik Yakovlev nomi rasman tilga olinadi. Soborning ko‘rinishi XVIIasrga kelib sezilarli darajada o‘zgargan: ichidagi qabr kengaytirilib, chodirli ayvonlar jihozlangan va badiiy bezaklar qo‘shilgan.

XVIIIasrning dastlabki 30 yilligiga oid tarixiy dalillarga ko‘ra, sobor 18 ta taxtdan iborat bo‘lgan.Ayrim manbaalarda esa ular 11 ta bo‘lganiligi aytiladi. Ularning har biri Qozon uchun hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tgan cherkov bayramlari sharafiga bag‘ishlangan. Taxtlar yerto‘lalarda joylashgan, balandligi deyarli 6,5 metr bo‘lgan xonalarga bo‘lingan.

Cherkovda ayrim yillarda sodir bo‘lgan yong‘inlarda unga yaxshigina zarar yetgan. Shunga  qaramasdan, u yerda ta’mirlash ishlari olib borilgan va binoni aslicha tiklashga harakat qilingan. Eng  katta hajmdagi restavratsiya 1737 yilda – poytaxt tarixiga «Uchlik» nomi bilan kirgan yirik yong‘indan keyin amalga oshirilgan. Qayta tiklash ishlariga I. Michurin rahbarlik qilgan.

Sovet Ittifoqining dastlabki yillarida Qizil maydondagi qadimiy Shafoat sobori birinchilardan bo‘lib davlat tomonidan muhofaza qilinadigan yodgorliklar ro‘yxatiga kiritilgan.1923 yilda allaqachon tarixiy-arxitektura muzeyi tashkil etilgan. 1929 yilda qo‘ng‘iroqlar binodan olib tashlandi, muzey ekspozitsiyasi doimiy ravishda mavjud edi. Bino faqat Ikkinchi Jahon urushi paytida yopilishga majbur bo‘lgan. Sobor majmuasi 1991 yildan beri muzey sifatida cherkovning boshqaruvi ostida ishlaydi.

        Qalblarga hayratni ko‘chirgan Ayo Sofiya

Yana o‘qing:  Shifobaxsh ne’matlar

Nargiza Jovmirzayeva,

jurnalist:

–Men yurtimizda masjidlarga kam kirganman. Ammo O‘tgan yili Turkiya safarida bo‘lganimda Ayo Sofiya masjidida ham bo‘ldim va u yerda shu paytgacha his qilmagan hayratni his etdim. Bino shu qadar ulug‘vor va viqorliki, albatta odam masjidni diqqat-e’tibor bilan kuzatadi. Bizga hamrohlik qilgan gitning tushuntirishicha,Vizantiya imperatori Konstantin tomonidan 360 yilda ochilgan cherkovning   yog‘och tomi 404 yilga kelib yonib ketadi. O‘sha paytda cherkov Vizantiya imperatori Yustinian I buyrug‘i bilan birinchi marta 532-537 yillarda kapital ta’mirlanadi va katta qurilish ishlaridan keyin hozirgi hashamatli ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Episkoplikning markazi bo‘lgan va Vizantiya imperiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan cherkovning qurilishi uchun Vizantiya muhandisi Miletus Isidor va matematik Tralles Anthemiya javobgar edi. Manbaalarda qurilishda 10 mingdan ortiq ishchilar ishtirok etganligi qayd etiladi.

Ma’lumotlarda yozilishicha, cherkov qurilishi 5 yilu 10 oy davom etgan va o‘sha davrdagi Vizantiya tarixchilari uning dunyodagi eng katta bino ekanligi haqida yozib i’oldirishgan.  Cherkov ichidagi mozaikalar ishi esa 565-578 yillar orasida yakunlangan.Ayo Sofiya 1204 yilgacha bir necha zilzilalar va yong‘inlardan omon qolgan va ko‘p bor qaytadan tiklangan. 1204 yilda Sharqqa yurish qilgan salibchilar qo‘liga o‘tgan cherkov 1261 yilgacha Rim-katolik cherkoviga aylantirilgan. Ammo keyinchalik Ayo Sofiyadan masjid sifatida foydalanilgan. Buning o‘ziga xos tarixi quydagicha:

1261 yilda vizantiyaliklar Konstantinopol hukmronligini qayta qo‘lga kiritgach, Ayo Sofiyadan yana pravoslav cherkovi sifatida foydalanila boshlangan.1453 yil 29 mayda Usmonlilar imperiyasi sultoni Fotih Sulton Mahmud Istanbulni egallab olgan payt Ayo Sofiya yaralangan Vizantiya askarlari, ayollar va bolalar uchun boshpana vazifasini o‘tagan.Istanbul Usmonlilar qo‘liga o‘tgandan keyingi bir necha kun davomida pravoslav cherkovi a’zolari Ayo Sofiyada ibodat qilishni davom ettirdilar.Birinchi juma namozini 1453 yil 1 iyunda Istanbulda o‘qigan Fotih Sulton Mahmud Ayo Sofiya Usmonlilar hukmronligi ostidagi masjid ekanini e’lon qiladi. Mehrob va minbar quriladi, qo‘ng‘iroq va xoch olib tashlanadi, mozaikalarning usti yopiladi.

       1481 yilda birinchi minora barpo etilgan. Fotih Sulton Mehmetdan keyin taxtga o‘tirgan Sulton Boyazid II davrida yana bir minora quriladi.1509 yildagi Istanbul zilzilasi natijasida birinchi minora qulab tushadi va uning o‘rniga g‘ishtli minora tiklanadi .Sulton Salim II hukmronligi davrida Me’mor Sinan tomonidan olib borilgan rekonstruksiya ishlari davomida yana ikkita minora qurilgan. Shuning uchun ham Ayo  Sofiyaning  turli  vaqtlarda  qurilgan 4 minorasi bir-biridan farq qiladi. Salim II qabri Ayo Sofiya ichidagi ilk sulton qabridir. Ayo  Sofiyada sultonlar, ularning rafiqalari va  shahzodalarning 43ta qabri  mavjud.

1739 yilda masjidga madrasa, kutubxona va oshxona qo‘shimcha qilingan. Ayo Sofiya 1847-1849 yillar ta’mirlash uchun yopilgan. Masjid sifatida esa eng oxirgi marta 1849 yilda ochilgan.1923 yilda respublika e’lon qilinganidan keyin masjid sifatida foydalanilgan Ayo Sofiya 1931 yilda yopilgan.O‘sha yili Amerikadagi Vizantiya instituti asoschisi, arxeolog Tomas Uittemor Ayo Sofiyada mozaikalarning qayta tiklanishi uchun Turkiyaning yangi hukumatidan ruxsat so‘raydi. Prezident Mustafo Kamol Otaturkning ruxsati bilan boshlangan  ishlar 15 yil  davom  etib, 1947 yilda  yakunlangan.

Ta’mirlash ishlari boshlanganidan so‘ng bir muncha vaqt o‘tgach yopilgan Ayo Sofiyani 1934 yil 24 noyabrda Vazirlar Kengashi qarori bilan muzey sifatida ochishga qaror qilishgan. Ayo Sofiya muzeyi 1935 yil 1 fevralda tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi. 1996 yilda esa Jahon yodgorliklarini tomosha qilish ro‘yxatiga kiritilgan. Obidaning gumbazi va minoralari Jahon yodgorliklari jamg‘armasi ko‘magi bilan 1997-2002 yillarda rekonstrutsiya qilingan.Muzey UNESCO jahon merosi ro‘yxatiga ham kiritilgan. Vaqti-vaqti bilan turli bo‘limlarda boshlangan tiklash ishlari bugungi kunda ham davom etmoqda.

Yana o‘qing:  Brokkoli – eng foydali sabzavot

  Dengiz Xudosini ulug‘lagan tarixiy maskan

Baxtiyor Namozov,

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 5-umumta’lim maktabning tarix fani o‘qituvchisi:

–Eng tarixiy ibodotxona deya ta’riflanuvchi inshoot bu qadimgi Yunonistonda joylashgan Poseydon ibodatxonasidir.U milloddan avvalgi 440 yilda qurilgan va to‘rt asr davomida qadimigi dinning so‘nggi tanazzuligacha, miloddan avvalgi I asrga qadar dengizlar Xudosi – Poseydonni ulug‘lagan. Bino yarim gektar maydonda joylashgan bo‘lib, tantanali ustunlar bilan o‘ralgan. Asosiy bino markazda va  ikkala tomonidan uzun yopiq galareyalar bo‘lgan. Ma’bad qadimgi Yunonistonda diniy binolar uchun klassik uslub hisoblangan peripter shaklida qurilgan.Arxitektor Poseydon ziyoratgohi ko‘rinishini Agrilese marmarlari,  ulug‘vor haykallari, ko‘plab ustunlari, afsonaviy janglar sahnalari tasvirlangan frizlar va uning markazida ulkan Xudo haykali bilan ifodalagan.

Ma’badning asosini tashkil etgan 16 ta ustunidan 9 tasi bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Shuningdek, ichki makonni bezatgan Parian marmaridan yasalgan bir nechta kichik haykallar arxaik xarobalarning ko‘lami va tantanaliligilandshaftlar fonida yana-da betakror taassurot qolidiradi. Poseydon ibodatxonasi Egey dengizining feruza suvlariga qaraydigan qoya cho‘qqisida qurilgan. Bu maskan manzaralari bilan insonni hayratga solibgina qolmay, afsonalari va tarixi bilan qadrlidir.

Ulardan biri bizgacha yetib kelgan. Afsonada aytilishicha, Qirol Egey o‘g‘li Teseyni Gretsiyani ulkan halokatdan qutqarish uchun Krit orolidagi  monistr Minotavrni yo‘q qilish uchun yuboradi. Unga Afinaning eng go‘zal o‘g‘il qizlari qurbon qilinadi. Krit oroliga ulkan kemada suzib ketishdan oldin Egey o‘g‘liga agar g‘alaba qozonsa oq yelkanlar ko‘tarishini, mag‘lubiyatga uchrab yordam kerak bo‘lsa qora yelkan ko‘tarishini tayinlaydi. Tesey jangda g‘alaba qozonadi. Ammo g‘alaba nashidasini surish bilan band bo‘lib, oq yelkanlarni ko‘tarishni unutgancha  yurtiga qaytadi.

Uzoqdan qora yelkanlar ko‘tarilganini ko‘rgan Egey suyukli o‘g‘lini vafot etgan deb o‘ylab, Poseydon ibodatxonasi joylashgan joydagi eng baland qoyadan o‘zini dengiz tubiga tashlaydi. O‘shandan beri dengiz baxtsiz podshoh sharafiga Egey deb ataladi.

O‘sha davrlarda, ya’ni miloddan avvalgi I asrlarda birortabaliqchi yoki savdo kemasi qurbonliklarsiz va uzoq ibodatlarsiz dengizga chiqmagan. Aks holda,“G‘azablangan Xudo katta qayg‘u keltiradi. Kema cho‘kib ketadi. Baliqlar to‘rga ilinmaydi va g‘azablangan kuchlar hosilni nobud qiladi”, degan qarash bo‘lgan. Poseydonga sig‘inish Yunonistonning barcha mintaqalarida rivojlangan, ammo eng ulug‘vor ziyoratgohlar qirg‘oq bo‘yidagi shaharlar va orollarni qamrab olgan.

Zebo NAMOZOVA

 tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: