Haydovchilar uchun mobil dastur

“Yo‘l harakati qoidalari, testlar, jarimalar” deb nomlangan ushbu dastur android platformasidagi smartfonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan haydovchilar uchun barcha zarur ma’lumotlar o‘rin olgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati qoidalari”ning to‘liq va eng so‘nggi matni, yo‘l belgilari, jarimalar haqida ma’lumotlar dasturga kiritilgan.

Bundan tashqari, haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon topshirishdan avval dasturda mavjud bo‘lgan test savollaridan foydalanib, o‘z bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

Shuningdek, dastur yordamida “VIN” kodlari, avtomobil raqamlaridagi hududlar bo‘yicha kodlardan boxabar bo‘lish mumkin. Dasturdagi bojxona va shina kalkulyatorlari ham sizga asqotishi turgan gap.

Dasturni “Google Play”dan bepul yuklab olish mumkin.

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2013/50)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: