Hushyorlikda hikmat bisyor

Sergeli tumanining Sputnik 15-dahasida istiqomat qiluvchi Igor olov tilsiz yov ekanini unutib qo‘ydi. Uyquga yotish oldidan uyni issiqroq tutish maqsadida gaz plitalarini yoqdi-yu e’tiborsizlikka berildi.

Yarim tunda uyg‘onib ketgan Igor oshxonadan chiqayotgan yorug‘ni ko‘rib sergak tortdi. Borib qarasa, quritish uchun plita ustiga osilgan kiyimi lovillab yonayotgan edi. O‘t gilamga ham o‘tib, olovning shashti tobora zo‘rayib borardi. Xonadon sohibi o‘zini qo‘lga olib, sochiq bilan alangani o‘chirmoqchi bo‘ldi. Ammo buning foydasi bo‘lmadi. Aksincha, uning qo‘li va yuzi kuyib, tan jarohati oldi. Igorning jon vahmida baqirgan ovozidan uyg‘ongan oila a’zolari tezda yong‘in xavfsizligi xodimlarini qo‘ng‘iroq orqali ogohlantiradi. Ular yetib kelishganda olov uyning tom qismiga o‘tib bo‘lgan edi…

Xo‘sh, Igorning moddiy va jismoniy zarar ko‘rishida kim aybdor? O‘zining, beparvoligi, favqulotda holatlarga sovuqqonlik bilan qarashi emasmikan?!

Odatda sodir bo‘ladigan ko‘p yong‘inlar fuqarolar loqaydligi natijasida yuzaga keladi. Mana, sizga oddiygina misol. Bu kabi ko‘p kishilar yuvgan kiyim-kechaklarini tezroq quritish maqsadida gaz plitalari ustiga ilib, gazni o‘chirmasdan yotadi. Buning natijasida turli xildagi ko‘ngilsiz hodisalar kelib chiqishini esa o‘ylamaydi. Uy egasi uxlab qolganida vaziyat yanada ayanchli bo‘lishi mumkin edi? Boshpanasiz qolar, nafaqat o‘zi, balki oila a’zolari ham tan jarohati olardi.

Bunday befarqligimiz oqibatida sodir bo‘ladigan yong‘inlarning oldini olishimiz uchun har birimiz doimo yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishimiz, ochiq olovdan, gaz va elektr qurilmalaridan doimo to‘g‘ri foydalanishimiz bilan oilamiz tinchligini hamda sog‘ligini asragan bo‘lamiz.

A.MURATBAKIYEV,

Sergeli tumani IIB YOXB inspektori, serjant

A.VALIYEV,

Sergeli tumani IIB YOXB kichik inspektori, safdor

Yana o‘qing:  Haydovchilar uchun mobil dastur

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: