YOSHLAR O‘RTASIDA CHEKISHNING OLDINI OLISH MUMKINMI?

Bugungi tezkor taraqqiyot davrida yoshlar o‘rtasida elektron sigaretalarga ruju qo‘yish va chekish hollarining tez-tez ko‘zga tashlanayotgani achinarli hol.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda tamaki iste’molchilarining soni 2015 yildagi 1,32 milliard kishidan 2020 yilda 1,3 milliardga kamaygan.
JSST ekspertlari 2025 yilga borib bu ko‘rsatkich 1,27 milliard kishiga tushishiga umid qilmoqda va mamlakatlarni yomon odatlarga qarshi faol kurashishga undamoqda.

Ko‘pchilik mamlakatlarda, jumladan, AQSH va Yevropaning ba’zi mamlakatlarida yoshlarning elektron sigaretalarni ko‘p iste’mol qilishi kuzatilmoqda.
2019 yilda AQSHda so‘rov o‘tkazilganda har to‘rtinchi maktab o‘quvchisi hozirgi paytda (oxirgi 30 kun ichida) elektron sigareta chekishi aniqlangan.
AQSHning Fanlar, muhandislik va tibbiyot milliy akademiyasi (NASEM) ma’lumotlariga ko‘ra, elektron sigaretalar chekishni boshlayotgan o‘smirlar va yoshlar keyinchalik odatiy sigaretalarni ham chekishni boshlashi xususida aniq dalillar mavjud.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) yangi hisobotiga ko‘ra, 60 ta davlat 2025 yilga borib tamaki iste’molini 2010 yilga nisbatan 30 foizga qisqartirish maqsadiga erishish uchun harakat qilmoqda. Ikki yil avval atigi 32 ta davlat bunday muvaffaqiyat bilan maqtana olardi.
Ekspertlar 2030 yilga borib yana 152 million kishi yomon odatdan voz kechishi mumkinligiga ishonch bildirgan. Ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun JSST turli kompaniyalar va tashkilotlarni o‘z ichiga olgan tamaki nazorati bo‘yicha maxsus guruh tuzgan.

O‘ylaymizki, kelajakda yoshlar chekishning salbiy oqibatlarini teran anglab, undan yiroq bo‘ladi, albatta.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Ravon yo‘llar – saodatli manzillarga eltadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: