Xazonrezgi mavsumi inson salomatligiga qanday ta’sir qiladi?

Kuz oylarida inson salomatligida ayrim o‘zgarishlar yuz beradi. Kishilarda tomoqning achishishi yoki bo‘g‘ilib qolishi, burun bitishi, tana harorati ko‘tarilishi va shu kabi kasallik alomatlari tez-tez kuzatila boshlaydi.
Kuz fasli o‘zining sekin-asta sovuqlashayotgan havosi bilan insonlar organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Bu faslda kunduzgi harorat nisbatan issiq bo‘lsa-da, kechasi havo haroratining pasayib borishi kuzatiladi. Bunday sharoit yozning issig‘idan yashiringan virus va bakteriyalar uyg‘onishi uchun qulay.

– Kuz inson organizmining sovuq kunlarga moslashib boradigan faslidir, – deydi Navoiy viloyati SEO va JSX bosh­qarmasi vrach-epidemiologi Gulbahor Rahmatilloye­va. – Bu jarayon aksariyat hollarda inson salomatligiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Shu bois, turli virus va bakteriyalar ta’sirida insonlarda shamollash alomatlari ko‘payadi. Koronavirus infeksiyasi, nafas a’zolarining yallig‘lanishi kabi holatlar bilan kuzgi va qishki mavsumda uyg‘onadigan infeksiyalarning o‘xshash alomatlari bo‘lgani uchun aholi orasida turli xavotirlar paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda xavotirlarning o‘rinli va o‘rinli emasligini shifokorlar aniqlashtiradi, albatta. Shuning uchun o‘zida shamollash alomatlarini sezgan kishi oilaviy shifokorga murojaat qilishi lozim. U inson organizmida kechayotgan jarayonni o‘rganib, alomatlar koronavirus yoki boshqa jiddiyroq xastalikka xos yoxud xos emasligini aniqlaydi hamda aniq davolash tartibini tavsiya qiladi.

Bunda, albatta: tana harorati, ko‘z yoshlanishi, burun oqishi, yo‘tal va uning xususiyati, kuzatilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha belgilar – virus yoki bakteriya chaqirgan shamollash alomati ekanini aniqlash talab etiladi.
Koronavirus infeksiyasida boshqa viruslar keltirib chiqargan shamollash alomatlariga o‘xshash belgilar kuzatilsa-da, buni tasdiqlash, aniq tashxis qo‘yish uchun burun-halqum yo‘lidan PZR – test namunasi olinishi kerak.
Shifokorga murojaat qilgunga qadar kuz-qish fasllarida uchraydigan shamollashlarni davolash, tana haroratini tushirish va boshqa belgilarni bartaraf etish uchun: niqob taqib yurish, tomoq va burunni tez-tez chayish, kuniga 2-3 litr issiqroq suyuqliklarni ichish talab etiladi. Kuniga 1000-3000 qadamgacha yurish, nafas mashqlarini bajarish maqsadga muvofiq.
Hozirda tarqalayotgan shamollashlar, asosan, kuz-qish fasllarida uchraydigan infeksiyalar sababli bo‘lgani bois, ularni davolashda antibiotiklardan foydalanish mumkin emas. Ular inson organizmida har xil asoratlar keltirib chiqarishi bilan birga, immun tizimining ishlashini to‘xtatadi va kasallikning uzoq muddat cho‘zilishi yoki qaytalanishiga sabab bo‘ladi.

Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi va kuzgi shamollashlardan himoyalanishning eng qulay usuli – karantin qoidalariga rioya qilishdir!

Manba: sanepidxizmat

Yana o‘qing:  BOLALARNING NAFAS OLISH XUSUSIYATLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: