TOSHKENTDA YANA BIR NUFUZLI MUSOBAQA

Yurtimizda sportga davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotganining samarasini bugun butun dunyo guvohi bo‘lmoqda. Sportchilarimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar, yangidan yangi sport inshootlarining barpo etilshi soha rivojiga ulkan hissa qo‘shmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mamlakatimizda turli nufuzli xalqaro sport musobaqalarining o‘tkazilayotgani ham bizda sportning naqadar rivojlanayotganidan darak beradi. Ana shunday xalqaro sport musobaqalaridan yana biri poytaxtimizda boshlandi.

2 – 7 oktyabr kunlari poytahtimiz Toshkent shahri shotokan karate-do bo‘yicha II jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada 30 mamlakatdan tashrif buyurgan 1000 nafardan ortiq sportchilar yakka tartibdagi, jamoaviy, kata hamda kumite bahslarida 74 ta medallar jamlanmasi uchun o‘zaro bellashmoqda. Mamlakatimiz delegatsiyasi 200 nafarga yaqin sportchilar bilan ishtirok etmoqda. Sportchilarimiz orasida Shoxruh Istamov, Saidlaziz Burhonov, Rustam Toshnazarov, Zulxumor Boboyeva singari jahon chempionlari borligi sportchilarimizga yanada dalda bo‘lishi aniq. Yurtimiz karatechilari dunyo miqyosida sportning ana shu sohasi bo‘yicha eng kuchli davlatlar ro‘yhatiga kiradi. Bunga 2010 yil Kiprda bo‘lib o‘tgan I jahon chempionati musobaqasidagi 14ta oltin medal va umumjamoa xisobida birinchi o‘rinni egallaganimizni misol qilib keltirish mumkin.

Musobaqalarning dastlabki kunlari hakamlar seminarlari va sportchilar uchun malaka oshirish mashqlari tashkil etildi.

Ushbu musobaqalarda vatandoshlarimizga omad tilab qolamiz.

Farhod TOLIPOV tayyorladi.

Yana o‘qing:  Quyosh energiyasida ishlovchi dastlabki soat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: