Bemor nega chayqalib yuradi yoki Ataksiya nima?

Aksariyat bemorlar chayqalib yurishdan, yurganda bir tomonga yoki orqaga og‘ib ketishdan shikoyat qiladi. Bu holatni ko‘pchilik bosh aylanishi bilan izohlaydi, ya’ni chayqalib yuradigan bemor boshim aylanayapti, deb o‘ylaydi. Biroq chayqalib yurish har doim ham bosh aylanish bilan bog‘liq bo‘lavermaydi. Tibbiy tilda chayqalib yurishga va tik tura olmay gandiraklab ketishga ataksiya deb aytiladi.

Sabablari nima? Asosiy sababi miyacha kasalliklari bo‘lib, u boshning ensa tubida joylashgan. Miyacha inson muvozanatini saqlash va uning ravon harakatlari uchun javob beradi. Miyacha faoliyati buzilishiga sababchi bo‘luvchi qon tomir kasalliklari, miyacha jarohatlari, miyachaning yallig‘lanish kasalliklari, nasliy kasalliklar (ayniqsa, bolalarda) ataksiyaga olib keladi. Shuningdek, bo‘yin osteoxondrozi sababli miyachaga boruvchi qon tomirlar zararlanishi ham chayqalib yurish sababchisi hisoblanadi.

Belgilari qanday? Ataksiyaning asosiy belgilari – chayqalib yurish, turayotganda gandiraklab ketish, gavdaning bir tomonga yoki orqaga og‘ib ketishidir. Ataksiya xuddi mast odamning yurishini eslatadi. Ba’zida bunday bemorni ko‘rgan odam ko‘p ichibdi, oyog‘ida ham tura olmayapti, deb o‘ylaydi. Demak, ataksiya qanday holat ekanligini bilmoqchi bo‘lsangiz, mast odamni ko‘z oldingizga keltiring. Bolalarda uchraydigan miyachaning nasliy kasalliklarida bolaning mushaklari bo‘shashgan bo‘lib, qo‘llari bilan qiladigan harakatlarda juda qiynaladi. Ba’zi bolalar o‘zini-o‘zi eplay olmay qoladi.

Tashxis qo‘yish va davolash. Tashxis nevropatolog tomonidan qo‘yiladi. Bemorga tibbiy tekshiruvlar bilan birga bosh miya MRT yoki KT qilinadi va miyacha holati tekshiriladi. Kasallik sababi aniqlangach, vrach tomonidan davolash muolajalari o‘tkaziladi. Bu muolajalar kasallik sababiga qarab belgilanadi.

Esda tuting. Gohida uchrab turadigan chayqalib ketish oddiy charchashdan, qon bosim o‘ynaganidan yoki kamqonlikdan bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun faqat vrach ko‘rsatmasiga qarab ish tuting.

Zarifboy IBODULLAYEV,

tibbiyot fanlari doktori, professor

Yana o‘qing:  Ko‘z ilg‘amas xastalik deb o‘ylamang

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: