Piyoda yurishning 7 ta foydasi

10 daqiqa: gipertoniya bezovta qilmaydi!


Bir kunda 4 marotaba 10 daqiqadan piyoda yurishni odat qilsangiz, qon bosimingiz me’yorda bo‘ladi.

15 daqiqa: badantarbiya


Tez-tez qadamlar bilan kuniga 120 odim tashlasangiz, 15 daqiqada 100 kkal.dan xalos bo‘lasiz! Mana, sizga ozishning arzon va qulay usuli!

20 daqiqa: xotirjamlikka erishasiz!


Asabiy ish kunining «yuk»laridan xalos bo‘lmoqchimisiz? Unda har kuni 20 daqiqagina piyoda yuring. Natija sizni, albatta, xursand qiladi. Yana chekishni tashlashni istaganlar, xumor tutganda 20 daqiqa piyoda yursalar, bu xohish ayni shu daqiqalarda o‘z-o‘zidan yo‘qolarkan.

25 daqiqa: kayfiyatingiz ko‘tariladi!


Toza havoda, hatto, yomg‘irli kunda, yolg‘iz yoxud ko‘ngilga yaqin insoningiz bilan atigi 25 daqiqagina sayr qilsangiz, shirin xotiralarni eslaysiz, qalbingiz yangi va ezgu orzularga to‘ladi. Natijada, o‘zingizni baxtli his qilasiz.

35 daqiqa: tushkunlikdan chiqish


Tushkunlikni yengish uchun vaqtingizni ayamang! Axir sizdan nima ketdi? 35 daqiqa toza havoda sayr etsangiz bas!

45 daqiqa: shamollashga yo‘q deymiz!


Amerikalik olimlar 45 daqiqa davomida marafonda qatnashgan ishtirokchilarning 50 foizi shamollashni yengib o‘tishganini ta’kidlashadi. Chunki aynan piyoda yurganimizda mikroblar va viruslar taslim bo‘larkan. Demak, ayni kunlarda sayr qilishni unutmang!

60 daqiqa: yurakka foyda

Britaniyalik olimlarning aniqlashicha, har kuni 1 soat davomida piyoda sayr qilgan kishilar yurak xastaliklariga kamroq duchor bo‘lisharkan.

Zuhra ERGASHEVA tayyorladi

Yana o‘qing:  Gripp vaqtida ta’siri kuchli antibiotiklarni qabul qilish xavfli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: