Raqamli texnologiya – yoshlar nigohida

Innovatsion rivojlanish vazirligiga qarashli “XXI asr texnologiyalari” jurnali o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Raqamli texnologiya – yoshlar nigohida” nomli tanlov e’lon qilgan edi.


Turmush tarzimizda keng foydalanadigan ko‘plab ixtirolar aynan bolalar tomonidan yaratilgan. Barmoqsiz qo‘lqoplar, kalkulyator, mehli quloqchin, hiqichoq bosadigan obaki, saratonni erta aniqlaydigan sinama kabilar shular jumlasidan.
5 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar qatnashgan tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilar foydali ixtirolar o‘ylab topib, ularni qog‘ozda aks ettirishi kerak. Belgilangan muddat davomida 100 ga yaqin qatnashchidan qiziqarli videolavha va suratlar keldi. Har bir videorolik va surat jurnal tahririyati xodimlari tomonidan sinchkovlik bilan kuzatib borildi. Tanlov yakunida ko‘ra, 1-o‘rin 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida Toshkent shahri, Bektemir tumanidan Muslima Ne’matovaga, 12 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Buxoro viloyati Vobkent tumanidan Shahzod Erkinovga nasib etdi.

Barcha ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Amal SOLIYEVA,
Maryam AHMEDOVA.

Yana o‘qing:  ISTIQLOL G‘UNCHALARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: