Kichkintoylar Qomusimiz bilimdoni

“Bolajonlar hammangiz o‘z uyingizni yaxshi ko‘rasiz-a? Chunki unda biz o‘zimizni tinch va xotirjam his etamiz. Aytingchi, barchamizning umumiy uyimiz nima deb ataladi? – VATAN!!! Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 486-maktabgacha ta’lim muassasasida Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tarbiyachining ana shunday so‘zlari bilan boshlandi.

. Bosh Qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizdagi ta’lim muassasalarida bayram kechalari, davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

Yunusobod tumanidagi 486-maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan “Konstitutsiya saboqlari” deya nomlangan bayram tadbiri ham ana shunday tadbirlarning uzviy davomidir. Kechada bolajonlar Vatanga, Bosh Qomusimizga, ota-onaga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini o‘zlarining she’rlari, raqslari va ijro etgan kuy-qo‘shiqlari orqali ifoda etishdi.

– O‘tkazilgan mazkur tadbir orqali bolalarimizning tasavvurida Konstitutsiyamiz haqida tushuncha hosil qilish, uning hayotimizda tutgan o‘rni muhim ekanligini qalbiga jo etishdan iborat, – deydi muassasa tarbiyachisi Shahnoza Sodiqxo‘jayeva.

Bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram tadbirida ishtirok etgan ota-onalar farzandlarining chiqishlaridan mamnun bo‘lishdi.

M.TOLIPOVA

Yana o‘qing:  TrendMicro priglashayet na konferensiyu Security Trends Central Asia 2019 v Tashkente

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: